Sahifa yuklanmoqda . . .
O‘zgani sevsang, sevgin,
Men ham senga zormasman!
Kel, yonimga, kela qol deb
Chorlasang ham bormasman!
O‘zi seni nega sevdim?
Buncha bo‘lmasam ojiz.
Go‘zalmassan, sen shunchaki
Nayrang-makri ko‘proq qiz.
Rostin aytsam arzimaysan,
Na she’rim, na sevgimga.
Men balandman! Qo‘ling etmas!
Ketavergin tenging-la...
Nima deding! Aslo, hech ham
Ko‘zimdagi yosh emas.
Yosh bo‘lsa ham sening uchun
To‘kmayapman...
Bo‘ldi... Bas...
Ketgin endi. Sevmayman-ku,
Meni qoldirgin yolg‘iz!
Tugayapti sabrim... Tag‘in —
Oyog‘ingga cho‘kmay tiz...
O’zbekiston xalq shoiri (2000). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Ilk kitobi — «Insonni tushunish» (1979). «Holat» (1979), «Oqibat» (1980), «Ko‘zgu» (1983), «Surat parchalari» (1985), «Dars» (1985), «Ikkinchi aprel» (1987), «Baxshiyona» (1989), «G’aroyib ajdarho» (1990), «Uyg‘onish azobi» (1991), «G’ussa» (1994), «Uzun tun» (1994), «Saylanma» (1995), «Kuz» (2001) kabi she’riy va «Jodu» (2003) nasriy to‘plamlari nashr etilgan. Dramalar ham yozgan («Bir qadam yo‘l». 1997; «Alpomishning kaytishi», 1998 va boshqa).