Sahifa yuklanmoqda . . .


Yurtim, ado bo‘lmas armonlaring bor...

Yurtim, ado bo‘lmas armonlaring bor,

Toshlarni yig‘latgan dostonlaring bor,

O‘tmishingni o‘ylab og‘riydi jonim,

Ko‘ksing to‘la shahid o‘g‘lonlaring bor.

 

Bag‘rim o‘rtar bir o‘y bahor ayyomlar,

Oy botgan yoqlarga termulib shomlar.

Aybin bilmay ketgan Akmal Ikromlar,

Fayzullodek mardi maydonlaring bor...

 

Yurtim, ko‘nglingdek keng osmonlaring bor,

Yulduzni yig‘latgan dostonlaring bor.

Osmonlaringda ham diydoringga zor,

Jayrondek termulgan Cho‘lponlaring bor.

 

Qo‘ling qadog‘iga bosay yuzimni,

Onamsan-ku, og‘ir olma so‘zimni,

Qayinbarglar yopib qaro ko‘zini

Olislarda qolgan Usmonlaring bor.

 

Alhazar, alhazar, ming bor alhazar,

Ana, yurishibdi kiyganlari zar,

Qodiriyni sotib shoir bo‘lganlar —

Mehrobingdan chiqqan chayonlaring bor...

 

Qurboning bo‘layin, ey onajonim,

Sening faryodlaring - mening fig‘onim,

O‘tmishingni o‘ylab qiynalar jonim,

Aytsam ado bo‘lmas dostonlaring bor.


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 16-Fevralda yuklangan

6960 marta ko'rildi

15 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
yurt armon tosh yig'i doston o'tmish o'y jon ko'ksi shahid o'g'lon bag'ir bahor ayyom oy yoq shom akmal ikrom fayzullo mard maydon ko'ngil osmon yulduz diydor jayron cho'lpon qo'l qadoq yuz ona so'z ko'z
Muallif
Muhammad Yusuf

Muhammad Yusuf

Sodda va xalqona tilda bitilgan samimiy she'rlari bilan millionlab muxlislar qalbini zabt etgan shoir. Uning millat va yurt istiqloli sharafiga bitgan go‘zal she’rlari o‘ziga xosligi bilano'quvchilar qalbida aks sado berdi. Muhammad Yusuf ijodi keyingi davr o‘zbek qo‘shiqchiligi rivojida muhim o‘rin tutadi. Milliy san’atimizning eng yirik va iste’dodli vakillaridan tortib, havaskor qo‘shiqchilargacha shoir she’rlarini kuyga soladilar.

Batafsil


Yangi She'rlar Muhammad Yusuf She'rlari Muhammad Yusuf asarlari