Sahifa yuklanmoqda . . .


Yurganmisiz birga oy bilan

Yurganmisiz birga oy bilan

Oqshom payti ko‘m-ko‘k o‘rmonda?

Maysalarga shabnam qo‘nganda

Shunday yaxshi, tinch bo‘lar ekan!

 

Shitir-shitir o‘ynar shabada,

Barglar musiqasi bir shirin...

Havo go‘yo tiniq, sof boda,

Ko‘ngil sezar hayotning sirin.

 

Men mast bo‘lib qoldim bir kecha,

Sil o‘pkamni ancha yayratdim.

Uxlamasdan to tong otguncha,

Dilginamni rosa sayratdim.


Ushbu she'rni nechta yulduzcha bilan baholaysiz?


Ma'lumot
2017, 19-Yanvarda yuklangan

227 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
yo'l oy oqshom payt ko'k o'rmon maysa shabnam tinchlik yaxshilik shabada barg musiqa havo boda ko'ngil hayot sir mastlik kecha sil o'pka uyqu tong dil rohat
Muallif
Usmon Nosir

Usmon Nosir

(1912-1944) Qisqa umr ko'rgan bo'lishiga qaramay, o'zidan jahon adabiyotining eng yaxshi asarlari qatoridan o'rin olishga arzigulik asarlar yozib qoldirgan mashhur o'zbek shoiri va dramaturgi. Usmon Nosir nafaqat adabiyotni, balki dunyo tarixi, falsafasi, san’atini ham chanqoqlik bilan o‘zlashtirishga, buyuklarga ergashib ijod qilishga oshiqardi.Shu bois uning bitiklarida katta g‘oyalar, badiiy tafakkurning erkin parvozlari, fikrning o‘tkir yolqinlari yaqqol aks etardi.

Batafsil


Yangi She'rlar Usmon Nosir She'rlari Usmon Nosir asarlari