Sahifa yuklanmoqda . . .


Yur, tog‘larga chiqaylik...

Yur, tog‘larga chiqaylik,                                    Bilasanmi, yoshlik bu -

Mayli, yur!                                                      To‘ymagan!

Eh... qandayin chiroylik                                    Tinim bilmas, go‘yo suv -

Oppoq nur...                                                    O‘ynagan...

Olmos kabi oppoq qor                                      Shuncha a’lo, chiroylik

Yaltirar.                                                           Ko‘ rinur...

Nega muncha dil oqar,                                     Yur, tog‘larga chiqaylik.

Qaltirar?                                                         Mayli, yur!


Ushbu she'rni nechta yulduzcha bilan baholaysiz?


Ma'lumot
2017, 19-Yanvarda yuklangan

246 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
tog' chiroy oq nur olmos qor dil yoshlik bilim tinim suv o'yin ko'z aql qalb
Muallif
Usmon Nosir

Usmon Nosir

(1912-1944) Qisqa umr ko'rgan bo'lishiga qaramay, o'zidan jahon adabiyotining eng yaxshi asarlari qatoridan o'rin olishga arzigulik asarlar yozib qoldirgan mashhur o'zbek shoiri va dramaturgi. Usmon Nosir nafaqat adabiyotni, balki dunyo tarixi, falsafasi, san’atini ham chanqoqlik bilan o‘zlashtirishga, buyuklarga ergashib ijod qilishga oshiqardi.Shu bois uning bitiklarida katta g‘oyalar, badiiy tafakkurning erkin parvozlari, fikrning o‘tkir yolqinlari yaqqol aks etardi.

Batafsil


Yangi She'rlar Usmon Nosir She'rlari Usmon Nosir asarlari