Sahifa yuklanmoqda . . .


Yulduz

Do’stimni chaqirsam,
Qaramay ketdi –
Bir daraxt yonimda chayqaldi notinch.
Tovushim ko’kdagi yulduzga yetdi,
Qonimda uyg’ondi eng so’nggi ilinj.

Dardimni aytsaydim, degandim, biroq
Do’stimni chaqirsam, qaramay ketdi.
Men uyga qaytdimu, yondirdim chiroq,
Dunyo sokin edi,
Dunyo tinch edi.

Chiroqqa termilib o’ylarga botsam,
Qoshimga g’amlarning barchasi qaytdi.
Chiroqni o’chirmay uxlamay yotsam,
Chirog’im yulduzning so’zini aytdi…

1989


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 25-Noyabrda yuklangan

25 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Muallif
Xurshid Davron

Xurshid Davron

O‘zbekiston xalq shoiri, iste’dodli shoir va publitsist Xurshid Davronning katta adabiyotga kirib kelishi 1976-yilda ustoz shoir Erkin Vohidovning «oq yo‘l»i bilan boshlangan. Xurshid Davron she’riy tarjima bilan shug‘ullanadi, tarixiy hikoya va qissalar yozish bilan band. Xurshid xoh she’riyatda, xoh nasrda qalam tebratmasin, undagi tarixni chuqur bilish qobiliyati, keng ilmiy tafakkur saxiy nurlarini sochib turadi.

Batafsil


Yangi She'rlar Xurshid Davron She'rlari Xurshid Davron asarlari