Sahifa yuklanmoqda . . .


Yoz ertagi

Dalalarning qoq o’rtasida
Yeru-osmon aro bir ertak –
Yulduzlarning mayin sasidan
Tebranadi oppoq belanchak.

Uxlab qolar horigan ota,
Uxlab qolar terimchi-suluv,
Uxlab qolar chorbog’ ortida
Ariqchada jildiragan suv.

Faqat qora ko’zlarin ochib,
Hayratlarga to’ldirib quchoq,
Onasiga o’xshatib oyni
Tamshanadi oyday chaqaloq.

Va mehrdan iyib, ko’ksini
Chaqaloqqa tutar oy xushhol.
So’ng allalar aytib, o’ksinib,
Belanchakni tebratar shamol.

1976


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 25-Noyabrda yuklangan

20 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Muallif
Xurshid Davron

Xurshid Davron

O‘zbekiston xalq shoiri, iste’dodli shoir va publitsist Xurshid Davronning katta adabiyotga kirib kelishi 1976-yilda ustoz shoir Erkin Vohidovning «oq yo‘l»i bilan boshlangan. Xurshid Davron she’riy tarjima bilan shug‘ullanadi, tarixiy hikoya va qissalar yozish bilan band. Xurshid xoh she’riyatda, xoh nasrda qalam tebratmasin, undagi tarixni chuqur bilish qobiliyati, keng ilmiy tafakkur saxiy nurlarini sochib turadi.

Batafsil


Yangi She'rlar Xurshid Davron She'rlari Xurshid Davron asarlari