Sahifa yuklanmoqda . . .


"Yong'oq" chistoni

Ul nadurkim, sabzto‘nlik, yoz yog‘ochning boshida,

Qish yalang‘och aylagay barcha xaloyiq qoshida.

Barcha qushlarning so‘ngoki ichida,

Ul na qushdurkim, so‘ngoki toshida.     

(Yong‘oq)


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 08-Yanvarda yuklangan

3723 marta ko'rildi

6 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
sabz to'n yoz yog'och bosh qish yalang'och xaloyiq qosh qush so'ngok ich tosh
Muallif
Jahon Otin Uvaysiy

Jahon Otin Uvaysiy

(1789/90-1850) Uvaysiy Qo'qon adabiy muhitining iste'dodli namoyandasi bo'lib, u Marg‘ilonning Childuxtaron mahallasida dunyoga kelgan. Uni Hojixon degan kishiga turmushga berishadi, biroq u Quyoshxon ismli qizi va Muhammadxon ismli o‘g‘li bilan juda yosh beva qoladi. Qadrdon bo‘lganligi uchun Nodira uni Qo‘qonga ko‘chirib olib keladi. Uvaysiy taxminan 65 yoshlarida Marg‘ilonda vafot etadi. Uvaysiy g‘azal, muxammas, musaddas, musamman, masnaviy, ruboiy, tuyuq, chiston, qit’a, mustazod kabi janrlarda ijod qilgan.

Batafsil


Yangi Oddiy chistonlar Jahon Otin Uvaysiy Oddiy chistonlari Jahon Otin Uvaysiy asarlari