Sahifa yuklanmoqda . . .


Yomg’ir tegib ketdi joningga...

Yomg’ir tegib ketdi joningga,
Derazani ochib qarading.
Shamol kirmay ketdi yoningga-
Tomchilardan olding alaming.

Sen uxlashni istaysan, ammo
Uyqu bermay shitirlar yomg’ir.
Ilgari hech sezmagan darding
Yurak bo’ylab otadi tomir.

Tongga eltar tushlar uxlagan,
Butun olam tozarar qayta.
Sen qalbingni topolmay qolding —
Navbat senga yetgani payti.

Hamma birdek yuvdi ko’nglini —
Vujudingni qopladi g’ussa.
Qani edi, shu lahzalarda
Butun olam seni unutsa…

Yomg’ir tegib ketdi joningga,
Ko’zlaringda nish urdi munglar.
Bilmagaysan, bir qiz yoshini
Butun olam sukutda tinglar.

Bilmagaysan, sen unutgan qiz
Har yomg’irda ezilib yig’lar…


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 20-Aprelda yuklangan

38 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
yomg'ir jon deraza shamol yon tomchi alam uyqu dard yurak tomir tong tush olam qalb navbat payt ko'ngil vujud g'ussa lahza
Muallif
Saodat Fayziyeva

Saodat Fayziyeva

Saodat Fayzieva 1992-yil 11-iyulda Buxoro viloyati Olot tumanida tug’ilgan. Qalbida ilmga qiziqish erta uyg'ongan bo'lajak shoira tumandagi fizika-matematika fanlariga ixtisoslashtirilgan 31-IBMIga o'qishga kiradi. U 2009-yilda ushbu dargohni a'lo baholar bilan tamomlab, O’zbekiston Milliy universitetining o’zbek filologiyasi fakultetida tahsilni davom ettiradi va bu yerda ko'plab ustozlardan adabiyotning nozik sir-u asrorlarini o'rganadi. Uning she'rlarida ayol qalbining eng inja va sohir jihatlari mahorat bilan qalamga olingan.

Batafsil


Yangi She'rlar Saodat Fayziyeva She'rlari Saodat Fayziyeva asarlari