Sahifa yuklanmoqda . . .


Yaproq uchib tushdi

Yaproq uchib tushdi daraxtdan,
Ammo yerga tushmasdan uchdi.
Ayrilgandek muqaddas taxtdan
Nahot uni alamlar quchdi?

Hoy, sen yaproq,
Qayga ucharsan
Qaramasdan bo’ronu-qorga?
Tovush chiqdi bo’ron ichidan,
Shivirladi yaproq: “Bahorga…”

1989


Ushbu she'rni nechta yulduzcha bilan baholaysiz?


Ma'lumot
25-Noyabrda yuklangan

20 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Muallif
Xurshid Davron

Xurshid Davron

O‘zbekiston xalq shoiri, iste’dodli shoir va publitsist Xurshid Davronning katta adabiyotga kirib kelishi 1976-yilda ustoz shoir Erkin Vohidovning «oq yo‘l»i bilan boshlangan. Xurshid Davron she’riy tarjima bilan shug‘ullanadi, tarixiy hikoya va qissalar yozish bilan band. Xurshid xoh she’riyatda, xoh nasrda qalam tebratmasin, undagi tarixni chuqur bilish qobiliyati, keng ilmiy tafakkur saxiy nurlarini sochib turadi.

Batafsil


Yangi She'rlar Xurshid Davron She'rlari Xurshid Davron asarlari