Sahifa yuklanmoqda . . .


Yana orzularim eladi samo...

Yana orzularim eladi samo!
Osmon bisotini to‘kdi silkinib.
Yana oppoq qorga belandi dunyo,
Oftob bulutlarga oldi bekinib.

Daraxtning shoxiga bog‘lagan xayol
Bir sening ko‘zlaring singari bandi.
Tunlarni qo‘ynida o‘ynagan shamol
Bir mening ko‘nglimga o‘xshagan daydi.

Billur sadaflarga o‘raladi tong,
Ortidan nurlari arg‘imchoq solib.
Havoda o‘ynagan moviy tomchilar
Zaminning yuzidan bo‘salar olib.

Har gal ko‘k toqiga osilgan qamar
Sening muhabbating singari dog‘li.
Har gal shafaq uzra botayotgan quyosh
Mening yuragimga o‘xshagan qonli.


Ushbu she'rni nechta yulduzcha bilan baholaysiz?


Ma'lumot
2017, 18-Aprelda yuklangan

93 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
orzu samo osmon bisot qor dunyo oftob bulut daraxt shox xayol ko'z bandi tun shamol ko'ngil daydi billur sadaf tong ort nur arg'imchoq moviy tomchi zamin yuz bo'sa ko'k qamar muhabbat dog' shafaq quyosh yurak qon
Muallif
Oygul Asilbek qizi

Oygul Asilbek qizi

O’zbekiston Milliy universiteti falsafa fakulteti bakalavr va magistratura bosqichlarida tahsil olgan. “Ostona” va “Shoir xayollari” she’riy to’plamlari muallifi. Somerset Moem, S.A.Tolstaya, O.Genri, R.Agutagava ijodidan qilgan tarjimalari e’lon qilingan.

Batafsil


Yangi She'rlar Oygul Asilbek qizi She'rlari Oygul Asilbek qizi asarlari