Sahifa yuklanmoqda . . .

Umarxon Amiriy Yakpora g'azallari

Umarxon Amiriy Yakpora g'azallari - Mumtoz she’riyatda g’azal shoirning salohiyati ko’lamini anglatuvchi asosiy janr hisoblangan. Har bir ijodkorning maqomi uning g’azalchilikdagi mahorat darajasi bilan belgilangan. Mazkur to'plamdan g'azalnavis ijodkorlarimizning eng sara yakpora g'azallari o'rin olgan.

Mazkur g'azalda muhabbat tuyg’usi qalamga olingan. Ilk misrada lirik qahramon o’z oldiga "Nega muncha siyohdur kokul?" deya savol qo’yar ekan, mumtoz adabiyotda ham hech kimning xayoliga kelmagan yo’sinda unga javob topishga erishadi...

539
Yakpora g'azal
Umarxon Amiriy

Ushbu g'azalda ma’shuqa bergan azoblardan ruhiga taskin izlaydigan oshiq tuyg’ulari g’oyat o’ziga xos tarzda tasvir etiladi.

225
Yakpora g'azal
Umarxon Amiriy

Ushbu g'azalning o'ziga xosligi shundaki, u ishq quvvatining cheksizligini madh etish yo’sinida borib, maqta’ga kelganda yorning tengsiz go’zalligi va oshiqning unga bo’lgan cheksiz muhabbatining oshkor bo’lmasligi tilagi bilan yakunlanadi. Ya’ni odamning ko’ngliga tegishli tuyg’ular ko’ngil kabi pinhon bo’lgani ma'qul.

228
Yakpora g'azal
Umarxon Amiriy

Amiriyning juda uzoq yillardan buyon mashhur "Chorzarb" kuyiga solinib, qo’shiq sifatida aytib kelinayotgan «Qoshingg’a teguzmagil qalamni» misrasi bilan boshlanadigan g’azalida shoir lirikasiga xos xususiyatlar to’liq mujassamlangan. Inson ruhiyatining turfa holatlarini nozik his qiladigan Amiriy she’riyatining hayotsevarlik, umidbaxshlik jihatlari g’azal matla’sidayoq yaqqol ko’zga tashlanadi.

573
Yakpora g'azal
Umarxon Amiriy