Sahifa yuklanmoqda . . .

Xurshid Davron Hayoti va Ijodi

Xurshid Davron

shoir
publitsist
ijodkor
tarjimon
yozuvchi
dramaturg

20 Jan 1952, Samarqand viloyati, Samarqand tumani, Chordara qishlog'i da tavallud topgan

170 marta ko'rildi


Xurshid Davron asarlari:

Barcha asarlari

She'rlari

Xurshid Davron (asl ismi: Davronov Xurshid, 1952-yil 20-yanvarda Samarqand shahri, Chordara qishlogʻida tugʻilgan) — oʻzbekshoiri, dramaturgi, tarixchi, yozuvchisi va tarjimoni. Oʻzbekiston xalq shoiri (1999). Adabiyot sohasida beriladigan Mahmud Koshg'ariy nomidagi Xalqaro mukofot (1989), Xalqaro "Oltin qalam" mukofoti (2009), Ozarbayjonning Mikoyil Mushfiq mukofoti (2013) bilan taqdirlangan. Oʻzbekiston Respublikası Oliy Majlisining deputatı (2004).«Do'stlik» ordeni bilan mukofotlangan. (1997).


Samarqand tumanidagi 2-sakkiz yillik, 1-o'rta maktabda tahsil olgan (1959-1969).1969-yilda Toshkent universitetining jurnalistika fakultetini tugatgan.1971-1973 yillarda harbiy xizmatni o'tagan. Uzoq yillar (1974-1989) nashriyot sohasida, Maʼnaviyat va maʼrifat markazida faoliyat yuritgan. 1996-yildan O'zbеkiston Milliy teleradiokompaniyasi da ishlab kelmoqda.

Dastlabki sheʼrlar toʻplami — "Qadrdon quyosh" (1979). "Shahardagi olma daraxti" (1979), "Tungi bogʻlar" (1981), "Uchib boraman qushlar bilan" (1983) "Toʻmarisning koʻzlari" (1984) , "Bolalikning ovozi" (1986), "Qaqnus" (1987) va "Bahordan bir kun oldin" (1997) kabi sheʼriy toʻplamlari nashr etilgan. Sheʼrlarida voqelikka yangicha nigoh bilan qarovchi, tabiat, jamiyat va kishilar hayotida yuz berayotgan oʻzgarishlarni sinchkovlik bilan kuzatuvchi, ayni paytda bokira yoshlikka xos hayrat xissini saqlab qolgan zukko shoir sifatida gavdalanadi. X.D. soʻzga, ifoda vositalari va sheʼriy shakllarga yuksak mezonlar asosida yondashadi.

Xurshid Davron 90-yillarda she’riyatdan koʻra nasriy janrlarda samarali ijod qildi. U oʻtmishda yashagan unutilmas tarixiy siymolar hayoti va faoliyati bilan qiziqib, ular haqidagi moʻtabar qoʻlyozma manbalar bilan tanishdi. Bu qiziqish natijasida 'Samarqand xayoli' (1989), 'Sohibqiron nabirasi' (1995), 'Shahidlar shohi yoxud Shayx Kubro tushlari'(1998,2008) , 'Bibixonim qissasiʼ (2006), kabi tarixiy-maʼrifiy qissa va 'Algʻul' (1995), 'Boburshoh sogʻinchi' (1996) pyesalarini yaratdi. Xurshid Davron bu asarlari bilan 90-yillarda Oʻzbekistonda tarixiy oʻtmishga boʻlgan munosabatning yana ham qizgʻin tus olishiga munosib hissa qoʻshdi.

Adib ayni paytda Samarqandda boʻlib oʻtgan Amir Tеmurning 660, Ulugʻbekning 600-yilligiga, Parijda YUNESKO qarorgohida, 'Odeonʼ teatrida namoyish etilgan Buxoro va Xivaning 2500 yilligiga bagʻishlab oʻtkazilgan teatrlashtirilgan tomoshalar va 21 qismli 'Temurnomaʼ, 2 qismli 'Buxoroyi Sharif' videofilmlari ssenariylari muallifi. Sharq va Gʻarb shoirlarining asarlaridan iborat 'Qirq oshiq daftari' (1989) va yapon shoirlarining she’rlaridan tarkib topgan 'Dengiz yaproqlari' (1988) toʻplamlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan.

Xurshid Davron she'rlari 40 dan ortiq xorijiy tillarga tarjima qilingan. Uning kitoblari va she'rlari Azarbayjon, Pol`sha, Xitoy, Bolgariya, Rossiya, Turkiya, Eron, Frantsiya, Ispaniya, AQSH, Yaponiya, Mo'g'iliston, Hindiston, Germaniya, Latviya, Litva, Tojikiston,Qirg'iziston,Turkmaniston va boshqa davlatlarda nashr etilgan. Rus tilida 2 kitobi ( "Древний напев молодого дождя". Москва., Молодая гвардия, 1982 va "Полет одинокой птицы". Toshkent., 1989 ) nashr etilgan. Xurshid Davron 1993 yilda Turkiyaning Bursa shahrida bo'lib o'tgan Birinchi Turkiy shoirlar anjumanida, 1996 yilda Vashingtonda bo'lib o'tgan Osiyo adiblari kongressida,Rossiya, Pol'sha, Bolgariya, Janubiy Koreyada o'tkazilgan poeziya festivallarida ishtirok etgan.

 

Chop etilgan kitoblari:

  • Qadrdon quyosh. Sheʼrlar. T., 1979
  • Shahardagi olma daraxti. Sheʼrlar. T., 1979
  • Tungi bogʻlar. Sheʼrlar. T., 1981
  • "Древний напев молодого дождя". Москва., Молодая гвардия, 1982
  • Uchib boraman qushlar bilan.Sheʼrlar. T., 1983
  • Toʻmarisning koʻzlari.Sheʼrlar va doston. T., 1984
  • Bolalikning ovozi.Sheʼrlar. T., 1986
  • Qaqnus.Sheʼrlar va doston. T., 1987
  • Полет одинокой птицы. Сборник стихов на русском языке. Т., 1989
  • Samarqand xayoli. Maʼrifiy maqolalar, esselar va tarixiy qissalar. T., 1991
  • Sohibqiron nabirasi. Tarixiy hikoylar va qissalar. T,1995
  • Shahidlar shohi-Shayx Kubro tushlari. Tarixiy-maʼrifiy qissa. T., 1998
  • Bahordan bir kun oldin. Sheʼrlar va tarjimalar. T., 1997
  • Bibixonim qissasi. Tarixiy hikoyalar va qissalar. T.,2007
  • Shayx Kubro tushlari. Tarixiy-maʼrifiy qissa, ikkinchi nasr. T., 2008


Televizion,radio va drama asarlari:

  • Temurnoma. 21 qismmli televizion serial (1996).
  • İpak Yo'lu. Musiqiy-xoreografik badiiy kompozitsiya. "Odeon" teatri, Parij, Fransiya (1997)
  • Buxoroyi Sharif. 2 qismli musiqiy film-opera (1997).
  • Jaloliddin Xorazmshoh.(Nomıq Kamol asari asosida) 5 qismmli televizion film.(1998)
  • Ming bir rivoyat. Televizion loyiha. (1995-2013)
  • Mirzo Ulug'bek. Radyop'esa. (2008)
  • Boburshoh yoxud Sog'inch. Radyop'esa. (2005)
  • Alg'ul (Mirzo Ulug'bek). 2 qismli televizyon spektakl. (2009)
  • Alg'ul (Mirzo Ulug'bek). "Sharq yulduzi" jurnali,2012 yil,1-son

Tarjimalari:

  • Oyar Vatsietis. Yomg'ir yog'aloq. Bolalar uchun she'rlar. Toshkent, "Yosh gvardiya". 1976
  • Anna Axmatova. Marsiya. Doston. "Saodat" jurnali, 1976
  • Qadim yapon she'riyatidan.,"Yoshlik" almanaxi,1984
  • Nikolay Zabolotskiy. Turnalar. Sheʼrlar. Toshkent. 1985
  • Selma Lagerlef. Nil`sning yovvoyi g'ozlar bilan g'aroyib sayohati. Toshkent. 1986
  • Maris Chaklays. Otoʻyin. Toshkent. 1986
  • Dengiz yaproqlari. Yapon sheʼriyati antologiyasi. Toshkent. 1988
  • Asr ovozi.XX asr jahon she'riyatidan.Yannis Ritsos. Toshkent. 1988
  • Qirq oshiq daftari. Toshkent. 1989
  • Nomıq Kamol.Jaloliddin Xorazmshoh.Fojia(Qo'lyozma,nashr etilmagan), 1991
  • Edigey. Tatar xalq dostoni.,"Jahon adabiyoti",2012 yil,11-son
  • Eski yapon she'riyatidan.,"Jahon adabiyoti",2013 yil,10-son

Adibning shaxsiy web-sahifasi

Tafakkur Tafakkur asarlari

Barcha taklif va mulohazalaringizni quyidagi elektron manzilga yuboshiringiz mumkin: