Sahifa yuklanmoqda . . .


Xotiralar

Yomg‘irlar suratin chizar qumlarga, 
To‘lqinlar zarbidan titraydi sohil. 
Mayoqlar chorlagan olis ufqlarga, 
Dengiz kemalarni kuzatar og‘ir. 

Olmos cho‘qqilarni tark etar yellar, 
Keskir bo‘ronlarga aylanib minbad. 
Yellardek o‘tayotgan aziz umrning 
Qaylarda nihoya topishi g‘alat. 

Necha bor uzilar yurak torlari, 
Kimlar qayta bog‘lar bu rishtalarni. 
Kimlar ko‘ngil bermay topadi bunda 
Ko‘ngilga aylangan farishtalarni. 

Birdan qarsillaydi chinor shoxlari, 
Birdan yuragingga soladi titroq. 
Balki, uzoqlarda sen sevgan kimdir 
So‘nggi kunlarini yashaydi shu chog‘. 

Bir sezim o‘rmalar bag‘ringda zaif, 
Xuddi uyg‘onganday tushingdan cho‘chib. 
Erta tong otadi, bu xotiralar 
Manguga ketadi yodingdan o‘chib.  
 


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 18-Aprelda yuklangan

40 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
xotira yomg'ir surat qum to'lqin zarb sohil mayoq ufq dengiz olmos cho'qqi yel bo'ron umr nihoya yurak tor rishta ko'ngil farishta chinor shox titroq kun sezim tush tong yod mangu
Muallif
Oygul Asilbek qizi

Oygul Asilbek qizi

O’zbekiston Milliy universiteti falsafa fakulteti bakalavr va magistratura bosqichlarida tahsil olgan. “Ostona” va “Shoir xayollari” she’riy to’plamlari muallifi. Somerset Moem, S.A.Tolstaya, O.Genri, R.Agutagava ijodidan qilgan tarjimalari e’lon qilingan.

Batafsil


Yangi She'rlar Oygul Asilbek qizi She'rlari Oygul Asilbek qizi asarlari