Sahifa yuklanmoqda . . .

Umar Xayyom Xos ruboiylari

Umar Xayyom Xos ruboiylari - Ruboiy sharq she’riyatida keng tarqalgan she’r turlaridan bo'lib, ularda shoirning hayot haqidagi teran mushohadalari, ichki kechinmalari, ibratli xulosalari va pand-nasihatlari ifodalanadi. Ushbu to'plamdan o'zbek mumtoz adabiyotining eng sara xos ruboiylari o'rin olgan.

G’urur libosini yechibon tezroq, Suratingga emas, siyratingga boq, Mag’rurlik dilingda bo’lmog’i darkor, Uvadada sulton nog’orasin qoq.

20
Xos ruboiy
Umar Xayyom
Behzod Muhammadkarimov

Kechagi kuningni aylamagil yod, Ertang kelmay turib etma ko’p faryod, O’tgan, kelmaganga qayg’urmoqni qo’y, Quvnoq bo’l - umringni qilmagil barbod.

31
Xos ruboiy
Umar Xayyom
Behzod Muhammadkarimov

Dardga chalinmish bu dili vayronam, Ishqdan uyg’onmadi sarmast jononam, Oshiqlik sharobin berganlari kun, Jigarim qoni-la to’ldi paymonam.

20
Xos ruboiy
Umar Xayyom
Behzod Muhammadkarimov

So’zimga quloq os, ey do’sti a’lo, Dunyo ishlarini o’ylama aslo, Qanoat go’shasin aylabon makon, Olam ishlarini qilgil tomosho.

35
Xos ruboiy
Umar Xayyom
Behzod Muhammadkarimov

Tangri, o’zing shunday yaratding meni, May-u cholg’uchiga qaratding meni, Azalda shu xilda yaratib qo’yib, Nechun do’zaxingga qulatding meni?!

25
Xos ruboiy
Umar Xayyom
Behzod Muhammadkarimov

Vujudimizgaki, ne naqsh solibsen, Yuzlab ajoyibot bizdan olibsen, Men bo’la olmayman bundan yaxshiroq, Yasashda sen o’zing shundoq qilibsen.

18
Xos ruboiy
Umar Xayyom
Behzod Muhammadkarimov

Koshki umid shoxidan meva terolsam, Yo kalavam uchini topib berolsam, Bu vujud zindonidan yo’qlik soriga Eshik ochib, qadamim dadil qo’yolsam.

22
Xos ruboiy
Umar Xayyom
Behzod Muhammadkarimov

Shod bo’l, senga solmish savdoni azal, Xohishingdan o’zga g’avg’oni azal, Taqdiringni kecha aniqlaganlar, Qissam ne, yozgach bu qazoni azal.

20
Xos ruboiy
Umar Xayyom
Behzod Muhammadkarimov

Ko’zagardan ko’za olgandim bir kun, Bir so’z deb chiqardi ko’za sirli un: Shoh edim, qo’limda oltin jom edi, Xumor boshli ko’za bo’libmen bugun.

28
Xos ruboiy
Umar Xayyom
Behzod Muhammadkarimov

Bir ko’za keltirgil, bo’lsin bezarar, O’zing ich, menga ham uzat barobar, Davron o’z izidan aylanib, oxir Tuprog’imiz ko’za qilur ko’zagar.

20
Xos ruboiy
Umar Xayyom
Behzod Muhammadkarimov

Shuhrat topsang, kishilar hasadi yomon, Yolg’iz qolsang, sendan qilishar gumon, Hizr bo’lsang hamki, hech kimni bilma, Seni ham bilmasain, mayli, biror jon.

22
Xos ruboiy
Umar Xayyom
Behzod Muhammadkarimov

Jasorat ko’rsatib yashagil bebok, Boda ichgil, u ham bo’lsin otashnok, Yaratilmish eding boshda tuproqdan, Inkor etma, oxir bo’lajaksan xok.

19
Xos ruboiy
Umar Xayyom
Behzod Muhammadkarimov

Bir g’arib ko’nglini qila olsang shod, Yaxshidir yer yuzin qilgandan obod, Lutfing-la bir dilni qul qila olsang, Afzaldir yuz qulni qilmoqdan ozod.

116
Xos ruboiy
Umar Xayyom
Behzod Muhammadkarimov

Bir kosa sharob-la ko’nglimni shod et, Na o’tmish, na kelmish kuningni yod et, Zindoniy qilingan omonat jonni Aqlning bandidan lahza ozod et.

35
Xos ruboiy
Umar Xayyom
Behzod Muhammadkarimov

Qayda kamol topding, jononam, o’zing? Oyni uyaltirar tunda yulduzing, Bazm uchun yuzlarin bezar go’zallar, Jahon bazmin bezar bir sening yuzing.

32
Xos ruboiy
Umar Xayyom
Behzod Muhammadkarimov

Ey bodayi xushbo’y, o’xshaysan gulga, Ammo dil gavharin berasan qo’lga. Kim ichsa, omonlik topmaydi sendan, Aql ko’zin bog’lab, solasan yo’lga.

23
Xos ruboiy
Umar Xayyom
Behzod Muhammadkarimov

Qo'ygan tuzog'ingga to'liq bu olam, Ilinamiz qayga tashlasak qadam, Sening hukmingsiz-ku siljimas zarra, Nechun men osiy-u, joyim Jahannam?..

29
Xos ruboiy
Umar Xayyom
Behzod Muhammadkarimov