Sahifa yuklanmoqda . . .


Xoja Abdulloh Ansoriy haqida hikoyat

(Allohning yaqini Xoja Abdullohi Ansoriy so‘zi shundaykim, egasi tariqatning oxiridan xabar berdimi, u o‘z tariqati tugaganidan xabar bergan bo‘ladi)

 

U kishini Hirot ahli, Hirot ahligina emas, balki butun koinot uni qibla deb hisoblardi. U imoni komillarning yo‘lboshlovchi xulq-atvorlisi bo‘lib, uning ismi Abdullohi Ansoriy edi. U: “Mening ishim toat qilish va Tangrining buyruqlariga bo‘ysunishdan iborat! - der edi. - Mening maqsadim (odamlarni) do‘zax o‘ti bilan qo‘rqitish ham emas, (toatlar) evaziga jannat va’da qilish ham. Kimki qo‘rqqani uchun Xudoga ibodat qilar ekan, u nafsi tilagan narsadan xalos bo‘lish yo‘lini qidirib ish tutgan bo‘ladi. Kimki umid bilan bechorahol yashar ekan, uning tilagi jannatda osudalikka erishishdir. (Unda) uni ham, muni ham haqiqatdan uzoq, deb bil. Ikkalasiga pul topish uchun mardikorlik qilish, deb qara. Mening ishim doim sig‘inishdan iborat bo‘ldi. Men qo‘rqish va umidvorlik - ikkalasini o‘zim uchun harom deb bilar edim. Bandalik amrlarini bajarish bilan (ahvolimni) yaxshi deb bilib, tun-u kun ishlarim shunday ekan, buning uchun men uzrliman. Toat-ibodatim buning uchun loyiq darajada bo‘lmasligi mumkin, lekin bir soatim busiz ham bo‘lmasin! (Alloh) qil dedimi, mening odatim qilishdan iboratdir. Buni u qabul qiladimi yoki rad etadimi, bu bilan ishim yo‘q. Jannat zohidga, do‘zax yengiltaklarga bo‘laqolsin!”

Yor orzusi bo‘lsa, Navoiyga shuning o‘zi yetarlidir. Soqiy, u jannat suvini to‘xtovsiz tutki, do’zax o‘ti ham u yerda hozir! Yor yuzini eslab shod bo‘lay! Do‘zax bilan jannat tashvishidan esa ozod bo‘la qolay!


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 19-Noyabrda yuklangan

93 marta ko'rildi

1 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Muallif
Alisher Navoiy

Alisher Navoiy

(1441-1501) Hazrati Alisher Navoiy ijodi turkiy adabiyotning eng yuksak cho’qqisidir. Chunki hech kim unga qadar bu tilda bunchalik «ko’p va xo’b» (Bobur) yozmagan edi. Aytish mumkinki, undan keyingi salkam olti yuz yil ichida ham hech kim u kabi ko’p va yaxshi yozolgani yo’q. Navoiy barcha turkiy xalqlarning eng buyuk shoiridir. U o’zini «Xitodin to Xuroson»gacha yoyilgan turkiy «qavm»larning shoiri, deb bildi. Ularni bir adabiy til bayrog’i ostida birlashtirdi -«yakqalam» qildi. Buyuk shoir Xurosonda, uning poytaxti Hirotda yashab ijod etdi.

Batafsil


Yangi Hikoyatlar Alisher Navoiy Hikoyatlari Alisher Navoiy asarlari