Sahifa yuklanmoqda . . .


Xil'atin to aylamish jonon qizil, sorig', yashil...

Xil'atin to aylamish jonon qizil, sorig', yashil,

Shu'layi ohim chiqar har yon qizil, sorig, yashil.

 

Gulshan ettim ishq sahrosin samumi ohdin,

Kim, esar ul dasht aro har yon qizil, sorig', yashil.

 

Shishadek ko‘nglumdadur gulzori husnung yodidin,

Tobdonning aksidek alvon qizil, sorig', yashil.

 

Oraz-u xoling bila xatting xayolidin erur,

Ko‘zlarimning ollida davron qizil, sorig', yashil.

 

La'lgun may tutqil oltun jom birla sabzada,

Kim, bulardin yaxshi yo‘q imkon qizil, sorig'. yashil.

 

Faqr aro birranglik dushvor erur behad valek

Xirqada tikmak erur oson qizil, sorig‘, yashil.

 

Ey Navoiy, oltun-u shingarf-u zangor istama,

Bo‘ldi nazming rangidin devon qizil, sorig', yashil.


Ushbu yakpora g'azalni nechta yulduzcha bilan baholaysiz?


Ma'lumot
2017, 04-Yanvarda yuklangan

974 marta ko'rildi

2 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
xil'at jonon qizil sorig' yashil shu'la oh yon gulshan ishq sahro samum dasht shisha ko'ngul gulzor husn yod tobdon aks alvon oraz xol xat xayol ko'z davron la'l may oltin jom sabza imkon faqr birrang dushvor xirqa oson navoiy shingarf zangor nazm ra
Muallif
Alisher Navoiy

Alisher Navoiy

(1441-1501) Hazrati Alisher Navoiy ijodi turkiy adabiyotning eng yuksak cho’qqisidir. Chunki hech kim unga qadar bu tilda bunchalik «ko’p va xo’b» (Bobur) yozmagan edi. Aytish mumkinki, undan keyingi salkam olti yuz yil ichida ham hech kim u kabi ko’p va yaxshi yozolgani yo’q. Navoiy barcha turkiy xalqlarning eng buyuk shoiridir. U o’zini «Xitodin to Xuroson»gacha yoyilgan turkiy «qavm»larning shoiri, deb bildi. Ularni bir adabiy til bayrog’i ostida birlashtirdi -«yakqalam» qildi. Buyuk shoir Xurosonda, uning poytaxti Hirotda yashab ijod etdi.

Batafsil


Yangi Yakpora g'azallar Alisher Navoiy Yakpora g'azallari Alisher Navoiy asarlari