Sahifa yuklanmoqda . . .


Xayol kabi cheksiz u...

Xayol kabi cheksiz u,
Qiyg‘iri bor qiyoda.
Baxt o‘lkasi asli shu,
Mangu yashar dunyoda,
U mening muhabbatim!
U sening muhabbating!

Ko‘klamda – gul, qishda – qor,
Kuzda erga berar jon.
Dunyoda bir Vatan bor,
Onamiz – O‘zbekiston.
U mening muhabbatim!
U sening muhabbating!

1970


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2018, 17-Martda yuklangan

32 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
xayol baxt dunyo muhabbat
Muallif
Amirqul Po'lkan

Amirqul Po'lkan

Amirqul Po‘lkan kamtar, kamso‘z, lekin ishonchli do‘stlari davrasida dilkash, tafakkuri teran shoir edi. U bilan do‘stona munosabatlarimiz bor edi. U „Sharq Yulduzi“ining she’riyat bo‘limida, men esa yozuvchilar uyushmasida she’riyat bo‘yicha adabiy maslahatchi bo‘lib ishlardim. Uning she’rlari quyma shaklda, misralari me’yoriga etkazilgan bo‘lar, quruq maqtovni yoqtirmas, tez qizarib ketguvchi edi (Shoir Yodgor Obid xotiralaridan).

Batafsil


Yangi She'rlar Amirqul Po'lkan She'rlari Amirqul Po'lkan asarlari