Sahifa yuklanmoqda . . .


Xalq

Audio bu yerda yuklanmadi, iltimos ushbu aloqani bosing

Xalq dengizdir, xalq to‘lqindir, xalq kuchdir,

Xalq isyondir, xalq olovdir, xalq o‘chdir...

Xalq qo‘zg‘alsa kuch yo‘qdirkim, to‘xtatsin,

Quvvat yo‘qkim, xalq istagin yo‘q etsin.

Xalq isyoni saltanatni yo‘q qildi,

Xalq istadi, toj va taxtlar yiqildi...

 

Xalq istagi — ozod bo‘lsin bu o‘lka,

Ketsin uning boshidagi ko‘lanka.

Bir qo‘zg‘alur, bir ko‘pirar, bir qaynar,

Bir intilur, bir hovliqar, bir o‘ynar.

Yo‘qlikni-da, ochlikni-da yo‘q etar,

O‘z yurtini har narsaga to‘q etar...

 

Butun kuchni xalq ichidan olaylik,

Quchoq ochib xalq ichiga boraylik!


Ushbu she'rni nechta yulduzcha bilan baholaysiz?


Ma'lumot
2017, 14-Yanvarda yuklangan

576 marta ko'rildi

1 kishi kutubxonasiga qo'shdi

Kavsar o'qidi


Tayanch tushunchalar:
xalq dengiz to'lqin kuch isyon olov o'ch quvvat istak saltanat toj taxt ozodlik o'lka bosh ko'lanka yo'qlik ochlik yurt to'qlik quchoq ich
Muallif
Abdulhamid Cho'lpon

Abdulhamid Cho'lpon

(1898-1938) XX asr tongining porloq yulduzi Cho’lpon she’riyat, nasr, dramaturgiya, tarjimachilik va maqolanavislikda samarali ijod etdi. Vatan ozodligi va millat mavqeini yuksaltirish g’oyalarini mardona, jasorat bilan tarannum etuvchi ijodi istiqlol davri hayotimizning manfaatlariga xizmat qilmoqda.

Batafsil


Yangi She'rlar Abdulhamid Cho'lpon She'rlari Abdulhamid Cho'lpon asarlari