Sahifa yuklanmoqda . . .


Voqif Samad o'g'li xotirasiga

Allohim, rahmdilim,
Nima ayb qilgan bo‘lsam,
Bilasan aytmasam ham.

Sen yoqqan yulduzlardan
Nur to‘kilar bag‘rimga,
Ammo dildan ketmas g‘am.

Allohim, rahmdilim,
Dil tugunin yech demayman.
Ayblarimdan kech demayman.

So‘ramayman, umr bo‘yi
Qilgan aybu gunohlarim
Mehring ila daf aylagin.

So‘ragayman: Gunohimda
O‘zgalarning aybi bo‘lsa
Sen ularni avf aylagin…


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 25-Noyabrda yuklangan

30 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Muallif
Xurshid Davron

Xurshid Davron

O‘zbekiston xalq shoiri, iste’dodli shoir va publitsist Xurshid Davronning katta adabiyotga kirib kelishi 1976-yilda ustoz shoir Erkin Vohidovning «oq yo‘l»i bilan boshlangan. Xurshid Davron she’riy tarjima bilan shug‘ullanadi, tarixiy hikoya va qissalar yozish bilan band. Xurshid xoh she’riyatda, xoh nasrda qalam tebratmasin, undagi tarixni chuqur bilish qobiliyati, keng ilmiy tafakkur saxiy nurlarini sochib turadi.

Batafsil


Yangi She'rlar Xurshid Davron She'rlari Xurshid Davron asarlari