Sahifa yuklanmoqda . . .

Alisher Navoiy Voqeaband g'azallari

Alisher Navoiy Voqeaband g'azallari - Mumtoz she’riyatda g’azal shoirning salohiyati ko’lamini anglatuvchi asosiy janr hisoblangan. Har bir ijodkorning maqomi uning g’azalchilikdagi mahorat darajasi bilan belgilangan. Mazkur to'plamdan g'azalnavis ijodkorlarimizning eng sara voqeaband g'azallari o'rin olgan.

Havo xush erdi-yu ollimda bir qadah mayi nob, Ichar edim vale g‘amdin qadah-qadah xunob. Ki, hozir erdi o‘shul sarvi nargisi maxmur, Valek rag‘mima qilmas edi qadahg‘a shitob.

239
Voqeaband g'azal
Alisher Navoiy

Bu g‘azalda she’riyatdagi savol-javob usulidan unumli foydalanilgan. G‘azalning har bir baytida o‘ziga xos ohoriy badiiy ifoda va tasvirlarga duch kelamiz. Muallif hech kimning xayoliga kelmagan tarzda baytlarni baytlarga mantiqan bog‘laydi. Jon, jism, bag‘ir, ko‘ngil, ko‘z bilan bo‘lib o‘tgan savol-javoblarda kuchli izchillik va o‘zaro ketma-ketlik bor. Jon aybni - jismga, jism - bag‘irga, bag‘ir - ko‘ngilga, ko‘ngil - ko‘zga yuklaydi. Oxiri, lirik qahramon ishqda yonish uning azaliy qismati ekanini tan oladi.

264
Voqeaband g'azal
Alisher Navoiy

Ushbu g'azal hazrat Navoiyning mashhur g'azallaridan bo'lib, u go'zal tasvir bilan boshlanadi: "Kecha kelaman deb va'da berib ketgan yor va'dasiga vafo etib kelmadi Shu kecha mening ko'zlarimga ham tong otguncha uyqu kelmadi. Har lahza uning yo'liga chiqib termulaverib, jon og'zimga keldi-yu, o'sha yomon xulqli sho'x go'zal kelmadi"...

1194
Voqeaband g'azal
Alisher Navoiy

Hazrat Navoiy iste'dodining ilk namunalaridan bo'lgan ushbu g'azal mavlono Lutfiyning lutfiga sazovor bo'lgan va she'riyat maydonida g'azal mulkining sultoni paydo bo'lganidan darak bergan edi. G'azal benihoya go'zal o'xshatish bilan boshlanadi: "Yorim yuzlarini yopar ekan, mening ko'zlarimdan har lahza yosh sochiladi, bu go'yo quyosh g'oyib bo'lgach, osmonda yulduzlar paydo bo'lishiga o'xshaydi".

801
Voqeaband g'azal
Alisher Navoiy