Sahifa yuklanmoqda . . .


Vijdon erki

Ay tutqinlar, ay ezilgan,

Ay qiynalgan, yo‘qsil ellar,

Ay umidsiz, ay chizilgan

Dor oldiga... oppoq dillar!

 

Ay bevalar, bechoralar,

Ay bog‘langan kishanlarga.

Ay erk uchun ovoralar,

Ko‘p yalinmang siz ularga!

 

Bo‘rilardan omon kutmak

Tentaklarning ishidir ul.

Har mone’ni hatlab o‘tmak —

Turmushda eng to‘g‘ri bir yo‘l!

 

Zulm oldida har bir narsa,

Ehtimolki bo‘yin egar.

Agar zulm avjga kelsa,

Ko‘k boshida yerga tegar.

 

Hayvonlarga, insonlarga

Zolim ega bo‘lmay qolmas.

Faqat erkin vijdonlarga

Ega bo‘lmoq — mumkin emas!

Samarqand, 1922


Ushbu she'rni nechta yulduzcha bilan baholaysiz?


Ma'lumot
2017, 12-Yanvarda yuklangan

479 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
tutqin yo'qsil el umid dor oppoq dil beva bechora kishan erk bo'ri omonlik tentak ish turmush yo'l zulm bo'yin ko'k yer hayvon inson zolim ega erkin vijdon
Muallif
Abdulhamid Cho'lpon

Abdulhamid Cho'lpon

(1898-1938) XX asr tongining porloq yulduzi Cho’lpon she’riyat, nasr, dramaturgiya, tarjimachilik va maqolanavislikda samarali ijod etdi. Vatan ozodligi va millat mavqeini yuksaltirish g’oyalarini mardona, jasorat bilan tarannum etuvchi ijodi istiqlol davri hayotimizning manfaatlariga xizmat qilmoqda.

Batafsil


Yangi She'rlar Abdulhamid Cho'lpon She'rlari Abdulhamid Cho'lpon asarlari