Sahifa yuklanmoqda . . .


Unutish

Tim qora osmonning oqardi yarmi,
Yulduzlar singidi, izi qolmadi.
Tanish daqiqalar, lahzalar seni
Eslashimga sabab bo‘la olmadi.

Olis qit'alarga cho‘zilgan yo‘llar,
Yillar xayolimdan o‘tmaydi bu kun.
Ayt menga, sershovqin, sovuq dunyoda
Nima eslamoqqa arzishi mumkin?

Tuproqday sochilgan qismatlarnimi, 
Balki ilk odamzot bo‘lganin paydo?
Yo o‘tgan kunlarning shirin hislarin,
Ehromlar tiklangan asrlarmi yo?

Tushungil ko‘ngilni, tushun taqdirni,
Uzoq ibtidoni eslamoqda kim?
Men seni unutdim, odamlar hatto
Xudoni unutib, yashamoqda jim.

Negadir oq-qora ko‘ringan umr
Sirg‘alib bir zayl o‘tmoqda har gal.
Sening ko‘zlaringni o‘ylab uyg‘onsam,
Nimadir yashashga beradi xalal.

Moviyrang osmonning qoraydi yarmi,
Quyosh nuri singdi, izi qolmadi.
O‘sha daqiqalar, lahzalar seni
Eslashimga sabab bo‘la olmadi.


Ushbu she'rni nechta yulduzcha bilan baholaysiz?


Ma'lumot
2017, 18-Aprelda yuklangan

69 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
unutish qora osmon yulduz iz tanish daqiqa lahza sabab qit'a yo'l yil xayol kun shovqin dunyo es tuproq qismat odam his ehrom asr ko'ngil taqdir ibtido xudo umr ko'z hayot yashash xalal moviy
Muallif
Oygul Asilbek qizi

Oygul Asilbek qizi

O’zbekiston Milliy universiteti falsafa fakulteti bakalavr va magistratura bosqichlarida tahsil olgan. “Ostona” va “Shoir xayollari” she’riy to’plamlari muallifi. Somerset Moem, S.A.Tolstaya, O.Genri, R.Agutagava ijodidan qilgan tarjimalari e’lon qilingan.

Batafsil


Yangi She'rlar Oygul Asilbek qizi She'rlari Oygul Asilbek qizi asarlari