Sahifa yuklanmoqda . . .


Unutayin degandim seni

Unutayin degandim seni,
Unutolmay qiynaldim seni.

She’rlarimga ochdim sirlarim,
Ketolmadi dildan she’rlarim.

Men qushlarga aytdim ularni,
Qushlar sevib qoldi gullarni.

Men gullarga aytdim sirlarim,
Seni yodga soldi islari.

Uchayotgan bulutga aytdim,
Yomg’ir bo’lib yonimga qaytdi.

Ostonamga kelib chechaklar
Isming aytdi uzun kechalar.

Unutayin degandim seni,
Unutolmay qiynaldim seni…


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 25-Noyabrda yuklangan

16 marta ko'rildi

1 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Muallif
Xurshid Davron

Xurshid Davron

O‘zbekiston xalq shoiri, iste’dodli shoir va publitsist Xurshid Davronning katta adabiyotga kirib kelishi 1976-yilda ustoz shoir Erkin Vohidovning «oq yo‘l»i bilan boshlangan. Xurshid Davron she’riy tarjima bilan shug‘ullanadi, tarixiy hikoya va qissalar yozish bilan band. Xurshid xoh she’riyatda, xoh nasrda qalam tebratmasin, undagi tarixni chuqur bilish qobiliyati, keng ilmiy tafakkur saxiy nurlarini sochib turadi.

Batafsil


Yangi She'rlar Xurshid Davron She'rlari Xurshid Davron asarlari