Sahifa yuklanmoqda . . .


Umidlandim, ko‘p umidlandim...

Umidlandim, ko‘p umidlandim:

Manglayda baxt dastxati bordir.

Sendan ayrildim-ku, bunda ham

Xudoyimning hikmati bordir.

 

Topganim ham bejizga emas,

Hikmat tuydim yo‘qotganim dam.

Men sendan o‘zimni topibman,

Ey o‘zini topmagan odam.

 

Seni topib, topdim o‘zimni,

Garchi bag‘rim-yuragim yaro.

Axir umrim yig‘layotibdi,

Yo‘qotishlar-topishlar aro.

 

Bir hikmatni angladim, yetdim,

Bejizga hech kirmamish tikan.

Topganim bu yo‘qotganimdir,

Yo‘qotganim topganim ekan.

 

«Diydor endi qiyomatgami?»

Dilga shunday qayg‘ular keldi.

Topganimda yig‘layman ma’yus,

Jilmayaman yo‘qotsam endi.


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 06-Aprelda yuklangan

68 marta ko'rildi

2 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
umid manglay baxt dastxat ayriliq xudo hikmat topmoq yo'qotmoq dam odam bag'ir yurak yaro umr yig'i ong tikan diydor qiyomat dil qayg'u
Muallif
Guljamol Asqarova

Guljamol Asqarova

Guljamol Asqarova 1978-yil 5-mart kuni Samarqand viloyati, Kattaqo’rg’on tumani, Beshdarg’at qishlog’ida tug’ilgan. O’zbekiston Milliy Universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan. O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasining a’zosi, 2001 yilda Zulfiya nomidagi Davlat mukofotining adabiyot yo’nalishi sohibasi. "Dil fasli", "Ro’shnolik", "Bedor qo’ng’iroq","Baxt dastxati" nomli she’riy kitoblari nashr etilgan.

Batafsil


Yangi She'rlar Guljamol Asqarova She'rlari Guljamol Asqarova asarlari