Sahifa yuklanmoqda . . .


U tushimga kirar har sahar...

U tushimga kirar har sahar,
Tortqilarmish sochlarin sabo.
Hidlarmish menga gulsafsar,
Ko‘ksimga bosh qo‘yib dilrabo.

Bir qizmishki, suluv va durkun,
Kuylarmishman qo‘lidan tutib…
Men vasliga etgayman bir kun,
Yo ishqida ketgayman o‘tib.

1976


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2018, 17-Martda yuklangan

18 marta ko'rildi

2 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
tush sahar soch sabo gulsafsar bosh dilrabo
Muallif
Amirqul Po'lkan

Amirqul Po'lkan

Amirqul Po‘lkan kamtar, kamso‘z, lekin ishonchli do‘stlari davrasida dilkash, tafakkuri teran shoir edi. U bilan do‘stona munosabatlarimiz bor edi. U „Sharq Yulduzi“ining she’riyat bo‘limida, men esa yozuvchilar uyushmasida she’riyat bo‘yicha adabiy maslahatchi bo‘lib ishlardim. Uning she’rlari quyma shaklda, misralari me’yoriga etkazilgan bo‘lar, quruq maqtovni yoqtirmas, tez qizarib ketguvchi edi (Shoir Yodgor Obid xotiralaridan).

Batafsil


Yangi She'rlar Amirqul Po'lkan She'rlari Amirqul Po'lkan asarlari