Sahifa yuklanmoqda . . .


Turnalar

Turnalar arg‘amchi yasarlar,
Mung bilan yo‘g‘rilmish ovozi.
Turnalar parvozda o‘sarlar,
Bulutdan balanddir parvozi.

Bahorni, zaminni suyarlar,
Hech qayda aniqmas makoni.
Qo‘nimsiz hayotdan kuyarlar,
Nolasi titratar samoni.

Zaminni qoplagach kumush zar,
Tabiat jo‘natgan kuzini,
Bir panoh axtarib, turnalar
Janubga urishar o‘zini.

Sovuqdan qochishar turnalar,
Ohlari bag‘rimni tirnalar.

1970


Ushbu she'rni nechta yulduzcha bilan baholaysiz?


Ma'lumot
17-Martda yuklangan

145 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
turna arg'amchi mung ovoz parvoz bulut
Muallif
Amirqul Po'lkan

Amirqul Po'lkan

Amirqul Po‘lkan kamtar, kamso‘z, lekin ishonchli do‘stlari davrasida dilkash, tafakkuri teran shoir edi. U bilan do‘stona munosabatlarimiz bor edi. U „Sharq Yulduzi“ining she’riyat bo‘limida, men esa yozuvchilar uyushmasida she’riyat bo‘yicha adabiy maslahatchi bo‘lib ishlardim. Uning she’rlari quyma shaklda, misralari me’yoriga etkazilgan bo‘lar, quruq maqtovni yoqtirmas, tez qizarib ketguvchi edi (Shoir Yodgor Obid xotiralaridan).

Batafsil


Yangi She'rlar Amirqul Po'lkan She'rlari Amirqul Po'lkan asarlari