Sahifa yuklanmoqda . . .
Qatrayam nochiz, ammo zoti qulzum Turdiman,
Kelturan amvojg‘a bahri talotum Turdiman.
Qirq, Yuz, Ming aqrabolar etdilar mandin nufur,
Ne balo baxti qaro-yu toleyi shum Turdiman.
Rishtadek ming pech-u tob jismi so‘zondin o‘tar,
Bovujudi e’tibori chashmi mardum Turdiman.
(taxminan 1640-1699/1700) Shoir XVII asrda Buxoro xonligida yashagan. Murakkab hayot yo’lini bosib o’tgan. Undan bizgacha hammasi bo’lib o’n sakkiz she’r yetib kelgan. Hajmi - 434 misra. She’rlarning o’n ikkitasi -g’azal, beshtasi -muxammas, bittasi -fard. She’rlardan ikkitasi fors tilida, qolganlari o’zbekcha yozilgan. Turdi Farog'iyning she’rlarini mavzu yo’nalishiga ko’ra ishqiy-falsafiy va ijtimoiy-siyosiy kabi ikki guruhga bo’lish mumkin.