Sahifa yuklanmoqda . . .


Tun bo‘yi tinmadi yomg‘ir...

Tun bo‘yi tinmadi yomg‘ir,
Tuni bo‘yi tinmadi qalam.
Yomg‘ir, qancha kuylasang arzir,
Seni bu kun kutmoqda olam!

Men ham seni tinglayapman jim,
Biroq so‘zga ochilmas lablar.
Qo‘shiq bo‘lib yangrar-ku qalbim,
Bir kun axir, to‘kilur zarblar!..

1977


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2018, 18-Martda yuklangan

20 marta ko'rildi

1 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
tun yomg'ir qalam kun olam
Muallif
Amirqul Po'lkan

Amirqul Po'lkan

Amirqul Po‘lkan kamtar, kamso‘z, lekin ishonchli do‘stlari davrasida dilkash, tafakkuri teran shoir edi. U bilan do‘stona munosabatlarimiz bor edi. U „Sharq Yulduzi“ining she’riyat bo‘limida, men esa yozuvchilar uyushmasida she’riyat bo‘yicha adabiy maslahatchi bo‘lib ishlardim. Uning she’rlari quyma shaklda, misralari me’yoriga etkazilgan bo‘lar, quruq maqtovni yoqtirmas, tez qizarib ketguvchi edi (Shoir Yodgor Obid xotiralaridan).

Batafsil


Yangi She'rlar Amirqul Po'lkan She'rlari Amirqul Po'lkan asarlari