Sahifa yuklanmoqda . . .


To‘yganmidim shodlikni ichib...

To‘yganmidim shodlikni ichib,
Kelganmidi hatto ishq malol,
Aytolmadim: — Azizim, kechir...
Qichqirmadim: — Ketmasang-chi! Qol!.

Yolg‘izlikning ulkan zalvori
Bosar — qalbim tortadi mayda.
Endi qaro tunga yolvorib,
Shivirlayman: — Qaydasan, qayda?

Endi beishq begonalarga
Oyoqosti bo‘larkan jonim,
Men xushomad qilib ularga
Jovdirayman: — Iltimos, qoling...


Online dars - zoom, google meet orqali


Erkinjon
17/04/2017
Zo'r!
Ma'lumot
2017, 15-Aprelda yuklangan

46 marta ko'rildi

1 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
shodlik ishq aziz kechirim ketish qolish yolg'izlik zalvor qalb tun qaro begona oyoq ost jon xushomad iltimos
Muallif
Usmon Azim

Usmon Azim

O’zbekiston xalq shoiri (2000). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Ilk kitobi — «Insonni tushunish» (1979). «Holat» (1979), «Oqibat» (1980), «Ko‘zgu» (1983), «Surat parchalari» (1985), «Dars» (1985), «Ikkinchi aprel» (1987), «Baxshiyona» (1989), «G’aroyib ajdarho» (1990), «Uyg‘onish azobi» (1991), «G’ussa» (1994), «Uzun tun» (1994), «Saylanma» (1995), «Kuz» (2001) kabi she’riy va «Jodu» (2003) nasriy to‘plamlari nashr etilgan. Dramalar ham yozgan («Bir qadam yo‘l». 1997; «Alpomishning kaytishi», 1998 va boshqa).

Batafsil


Yangi She'rlar Usmon Azim She'rlari Usmon Azim asarlari