Sahifa yuklanmoqda . . .


To‘rtliklar

Menga ikking birdeksan, go‘zal,
Men ikkingsiz bo‘lurman ado.
Senga juda o‘xshaydi g‘azal,
Yo sen unga o‘xshaysan juda.

* * *

Kayf bo‘lmaymiz mayga ham hatto,
Sarxush etar visolli damlar.
Sevmoqqa-ku mahkum, odatda
Sevilmoqni istar odamlar.

* * *

O‘nga kirib yolg‘on aytamanmi, deydi yolg‘onchi,
Yigirmaga kirib yolg‘on aytamanmi, deydi yolg‘onchi.
Qirqqa kirib yolg‘on aytamanmi, deydi yolg‘onchi,
Sochim oqarganda yolg‘on aytamanmi, deydi yolg‘onchi.


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2018, 20-Martda yuklangan

36 marta ko'rildi

2 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
go'zal g'azal kayf may visol odamlar
Muallif
Amirqul Po'lkan

Amirqul Po'lkan

Amirqul Po‘lkan kamtar, kamso‘z, lekin ishonchli do‘stlari davrasida dilkash, tafakkuri teran shoir edi. U bilan do‘stona munosabatlarimiz bor edi. U „Sharq Yulduzi“ining she’riyat bo‘limida, men esa yozuvchilar uyushmasida she’riyat bo‘yicha adabiy maslahatchi bo‘lib ishlardim. Uning she’rlari quyma shaklda, misralari me’yoriga etkazilgan bo‘lar, quruq maqtovni yoqtirmas, tez qizarib ketguvchi edi (Shoir Yodgor Obid xotiralaridan).

Batafsil


Yangi She'rlar Amirqul Po'lkan She'rlari Amirqul Po'lkan asarlari