Sahifa yuklanmoqda . . .


To‘rtburchak dunyoni devorga osdim...

To‘rtburchak dunyoni devorga osdim.
(Deraza... Tashqari... —suratdan kammi?)
Va seni sog‘indim... Nimadir yozdim...
Evoh, Dilga yaqin keltirdim g‘amni.

Chirmashdi qorlarning ipi chinorga
(Deraza... Tashqari... —bu surat — tirik),
To‘rt burchak dunyoni osdim devorga —
Nahot, sen o‘tmaysan suratdan yurib?

Pardani bir siltab (yurak umidvor),
To‘rt burchak dunyoni devorga osdim...
Sen ketgan yo‘llarni bosdi oppoq qor,
Sen qaytmas yo‘llarni oppoq qor bosdi.
 


Ushbu she'rni nechta yulduzcha bilan baholaysiz?


Ma'lumot
2017, 15-Aprelda yuklangan

126 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
to'rtburchak to'rt burchak dunyo devor deraza tashqari sog'inch dil g'am qor ip chinor yo'l oppoq oq
Muallif
Usmon Azim

Usmon Azim

O’zbekiston xalq shoiri (2000). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Ilk kitobi — «Insonni tushunish» (1979). «Holat» (1979), «Oqibat» (1980), «Ko‘zgu» (1983), «Surat parchalari» (1985), «Dars» (1985), «Ikkinchi aprel» (1987), «Baxshiyona» (1989), «G’aroyib ajdarho» (1990), «Uyg‘onish azobi» (1991), «G’ussa» (1994), «Uzun tun» (1994), «Saylanma» (1995), «Kuz» (2001) kabi she’riy va «Jodu» (2003) nasriy to‘plamlari nashr etilgan. Dramalar ham yozgan («Bir qadam yo‘l». 1997; «Alpomishning kaytishi», 1998 va boshqa).

Batafsil


Yangi She'rlar Usmon Azim She'rlari Usmon Azim asarlari