Sahifa yuklanmoqda . . .


Tor ko‘ngulluk beklar...

Tor ko‘ngulluk beklar, man-man damang, kenglik qiling,

To‘qson ikki bovli o‘zbak yurtidur, tenglik qiling.

 

Birni Qipchoq-u Xitoy-u birni Yuz, Nayman damang,

Qirq-u Yuz, Ming son bo‘lub bir jon oyinlik qiling.

 

Bir yaqodin bosh chiqorib, barcha bir to‘ng‘a kirib,

Bir o‘ngurluk, bir tirizlik, bir yaqo, yenglik qiling.

 

Kim qo‘yubdur, uhdayi o‘z mulkungizdin chiqmayin,

Ikki, uch, to‘rt da’visin etmakni, ko‘tahlik qiling.

 

Mardlar maydon chekib, rangin ko‘torib zaxmlar,

Sizga yo‘q ul javhare yuzga upo-englik qiling.


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 05-Yanvarda yuklangan

769 marta ko'rildi

2 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
ko'ngul bek man-man kenglik o'zbak yurt teng qipchoq xitoy yuz nayman son jon oyin yaqo bosh to'n o'ngur tiriz yeng uhda mulk da'vi ko'tahlik mard maydon rang zaxm javhar upo-eng
Muallif
Turdi Farog'iy

Turdi Farog'iy

(taxminan 1640-1699/1700) Shoir XVII asrda Buxoro xonligida yashagan. Murakkab hayot yo’lini bosib o’tgan. Undan bizgacha hammasi bo’lib o’n sakkiz she’r yetib kelgan. Hajmi - 434 misra. She’rlarning o’n ikkitasi -g’azal, beshtasi -muxammas, bittasi -fard. She’rlardan ikkitasi fors tilida, qolganlari o’zbekcha yozilgan. Turdi Farog'iyning she’rlarini mavzu yo’nalishiga ko’ra ishqiy-falsafiy va ijtimoiy-siyosiy kabi ikki guruhga bo’lish mumkin.

Batafsil


Yangi Yakpora g'azallar Turdi Farog'iy Yakpora g'azallari Turdi Farog'iy asarlari