Sahifa yuklanmoqda . . .


Tong

Tong, she’rimga nafosating ato qil deb qistayman,
Go‘zallikda u tengsizdir, suluv qizga o‘xshagan.
Yog‘du to‘la siynasidan bo‘sa olmoq istayman,
U – ilhomdir, tutqich bermay oq qog‘ozga tushmagan.

Zuhro hamon yonib turar, go‘yo tongning mehmoni,
Hali zamon injulardan osmon osti oqarar.
Yumushlarga shoshiladi so‘lim qishloq dehqoni,
Shirin o‘ylar girdobida aylanaman beqaror.

Tong otadi, tunda ko‘rgan tushlaringni o‘ylaysan,
Shu quyoshga umr tila, nurga to‘lsin hamma yoq.
Xayolimda malakkinam, sen shu tongga o‘xshaysan,
Oqshomlar ham juda sozu, ammo tonglar yaxshiroq…

1968


Ushbu she'rni nechta yulduzcha bilan baholaysiz?


Ma'lumot
17-Martda yuklangan

45 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
tong she'r nafosat go'zallik suluv qiz bo'sa oq qog'oz
Muallif
Amirqul Po'lkan

Amirqul Po'lkan

Amirqul Po‘lkan kamtar, kamso‘z, lekin ishonchli do‘stlari davrasida dilkash, tafakkuri teran shoir edi. U bilan do‘stona munosabatlarimiz bor edi. U „Sharq Yulduzi“ining she’riyat bo‘limida, men esa yozuvchilar uyushmasida she’riyat bo‘yicha adabiy maslahatchi bo‘lib ishlardim. Uning she’rlari quyma shaklda, misralari me’yoriga etkazilgan bo‘lar, quruq maqtovni yoqtirmas, tez qizarib ketguvchi edi (Shoir Yodgor Obid xotiralaridan).

Batafsil


Yangi She'rlar Amirqul Po'lkan She'rlari Amirqul Po'lkan asarlari