Sahifa yuklanmoqda . . .


Tong titraydi kech kuzakning quchog‘ida...

Tong titraydi kech kuzakning quchog‘ida,
Yulduzlarni o‘chirmoqda gulgun shafaq.
Jonim, qalbim she'riyatning pichog‘ida...
Zamin — tilsim, osmon — tilsim... she'r — beshafqat!

Men qiynaldim. Xayolimning qanotida
Dengizlarni ko‘targancha tolib uchdim.
Yulduzlarni ko‘p ko‘rganman hayotimda,
Dengizdagi yulduzlarni keldi quchgim.

Ko‘kka boqdim, o‘t tutashdi jonim aro...
Qat-qat bulut qatlarida ne sir-asror!
Hayrat ichra o‘ldirgusi meni samo,
Ona zamin, ucha qolay, qo‘yib yubor!

Men yor dedim... Laylimi yo, Shirinmi yo!
Yoki endi tug‘ilajak biror malak?
Mana, men, deb ko‘z oldimda bo‘ldi paydo,
Mana, men, deb she'rdan boqdi yakto yurak.

Yulduzlarni o‘chirmoqda gulgun shafaq,
Tong titraydi kech kuzakning quchog‘ida,
She'r yozilar... Qiynoq, senga bo‘lsin sharaf,
Jonim, qalbim she'riyatning pichog‘ida...

Hali butun ro‘yi jahon she'r bo‘lajak,
Faqat bekor bilib orom quchog‘ini —
Bu dunyoni sirga ko‘mib yashash kerak,
Qalbga sanchib she'riyatning pichog‘ini!


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 11-Aprelda yuklangan

175 marta ko'rildi

1 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
tong titroq kuz quchoq yulduz gul shafaq jon qalb she'r pichoq zamin tilsim osmon shafqat xayol qanot dengiz hayot ko'k o't bulut sir hayrat yor shirin layli ko'z yurak qiynoq jahon orom dunyo
Muallif
Usmon Azim

Usmon Azim

O’zbekiston xalq shoiri (2000). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Ilk kitobi — «Insonni tushunish» (1979). «Holat» (1979), «Oqibat» (1980), «Ko‘zgu» (1983), «Surat parchalari» (1985), «Dars» (1985), «Ikkinchi aprel» (1987), «Baxshiyona» (1989), «G’aroyib ajdarho» (1990), «Uyg‘onish azobi» (1991), «G’ussa» (1994), «Uzun tun» (1994), «Saylanma» (1995), «Kuz» (2001) kabi she’riy va «Jodu» (2003) nasriy to‘plamlari nashr etilgan. Dramalar ham yozgan («Bir qadam yo‘l». 1997; «Alpomishning kaytishi», 1998 va boshqa).

Batafsil


Yangi She'rlar Usmon Azim She'rlari Usmon Azim asarlari