Sahifa yuklanmoqda . . .


Tong ochar ko‘zlarin...

Tong ochar ko‘zlarin erinib,

sevinchdan yig‘laydi qiyoqlar,

chechaklar jilmayar sevinib,

shamolda cho‘milar giyohlar.

 

O‘ynoqi shu’lalar — bolalar

jimgina tarqalar sayhonga,

o‘rgimchak to‘qiydi tolalar,

xonqizi boradi mehmonga.

 

Qurbaqa varaqlar bayozin,

guldan bol so‘radi arilar,

chigirtka qayraydi ovozin,

parvozda ninachi — parilar.

 

Chumoli, mehnatkash chumoli,

kuyinma, atrofga bir qara —

maysalar, oh, qanday himoli,

dunyoni qilma ko‘p masxara.

 


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 21-Fevralda yuklangan

1896 marta ko'rildi

1 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
tong ko'z sevinch qiyoq chechak shamol giyoh shu'la bola sayhon o'rgimchak tola xonqizi mehmon qurbaqa bayoz varaq gul bol ari chigirtka ovoz parvoz ninachi pari chumoli mehnat atrof maysa dunyo masxara
Muallif
Shavkat Rahmon

Shavkat Rahmon

Hozirgi zamon o’zbek adabiyotida o’ziga xos iz qoldirgan Shavkat Rahmon O’sh shahrida tavallud topgan. Shavkat Rahmon chinakam otashnafas millatsevar shoir edi. U o‘z kayfiyatlarini tasvir etish bilangina kifoyalanadigan shoirlar sirasidan emasdi. U hamisha millat dardini, xalqining armonlarini ifodalashga intilardi. Chunki u o‘z taqdirini, hayotini millatining hayoti va taqdiridan ayri tasavvur etmasdi. U har bir millatdoshining ko‘ngil mulkiga kirib borishni orzu qilib, shu yo‘lda tinimsiz dard chekib yashagan shoirdir.

Batafsil


Yangi She'rlar Shavkat Rahmon She'rlari Shavkat Rahmon asarlari