Sahifa yuklanmoqda . . .


Tong lavhasi

Ufqlarga qo‘yib guldasta, 
Tog‘ ortidan ko‘tardi-da bosh, 
Pastga boqdi cho‘qqidan asta 
Oltin qalam tutgan bir naqqosh.

Har nuqtaga sayqal berib u, 
Vodiy uzra chizdi zar lavha.
So‘ng Quyosh deb imzo chekdi-yu, 
Tongotar deb qo‘ydi sarlavha.


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 15-Fevralda yuklangan

179 marta ko'rildi

3 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
ufq gul tog' bosh past cho'qqi oltin qalam naqqosh nuqta sayqal vodiy zar lavha quyosh imzo tong sarlavha
Muallif
Erkin Vohidov

Erkin Vohidov

Hozirgi zamon o’zbek she’riyatining taniqli vakili. Aruz va barmoq vaznlarida yozgan asarlari birdek mashhur. Ijodining asosini lirik turning barcha janrlaridagi she’riyati, dostonlari, dramatik asarlari, I.V.Gyote, S.Yesenin, R.Hamzatov singari jahon adabiyoti namoyandalari she’riyatidan qilgan tarjimalari tashkil etadi.

Batafsil


Yangi She'rlar Erkin Vohidov She'rlari Erkin Vohidov asarlari