Sahifa yuklanmoqda . . .


Tinch, sokin xonamda tun uxlar...

Tinch, sokin xonamda tun uxlar,
Ilhomga yo‘g‘rilmish tanasi.
O‘sha tun she’rimni opichlar,
O‘sha tun she’rimning onasi.

Ey she’rim, ko‘klarga havolan,
Yulduzlar poyingga to‘shalsin!
Ey she’rim, ko‘klarga havolan,
Qalbdagi armonim ushalsin.

Sen mening quvonchim, qayg‘umsan,
Sen mening oromu kulfatim.
E’zozlab asragan tuyg‘umsan,
Sen mening eng sobit ulfatim!

1976


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2018, 17-Martda yuklangan

18 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
xona tun she'r ona
Muallif
Amirqul Po'lkan

Amirqul Po'lkan

Amirqul Po‘lkan kamtar, kamso‘z, lekin ishonchli do‘stlari davrasida dilkash, tafakkuri teran shoir edi. U bilan do‘stona munosabatlarimiz bor edi. U „Sharq Yulduzi“ining she’riyat bo‘limida, men esa yozuvchilar uyushmasida she’riyat bo‘yicha adabiy maslahatchi bo‘lib ishlardim. Uning she’rlari quyma shaklda, misralari me’yoriga etkazilgan bo‘lar, quruq maqtovni yoqtirmas, tez qizarib ketguvchi edi (Shoir Yodgor Obid xotiralaridan).

Batafsil


Yangi She'rlar Amirqul Po'lkan She'rlari Amirqul Po'lkan asarlari