Sahifa yuklanmoqda . . .


Tilla baliqcha

Tuxumdan chiqdi-yu, keltirib uni

Shu loyqa hovuzga tomon otdilar.

Tashlandiq ushoq yeb o‘tadi kuni,

Xor-u xas, xazonlar ustin yopdilar.

 

Dunyoda ko‘rgani shu tor hovuzcha

Va mudroq tollarning achchiq xazoni.

Menga alam qilar, tilla baliqcha

Bir ko‘lmak hovuz deb bilar dunyoni...


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2016, 24-Dekabrda yuklangan

1945 marta ko'rildi

12 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
tilla baliqcha dunyo tuxum loyqa hovuz tashlandiq ushoq xazon mudroq tol ko'lmak
Muallif
Abdulla Oripov

Abdulla Oripov

O’zbek she’riyatining yorqin, betakror siymosi. O’ziga xos uslub, she’riy ovoz sohibi. Lirik qahramoni dunyoning sir-sinoatiga oshufta va undan hikmat izlovchi, komillik va ezgulik tantanasiga jo’shqin qalb shijoati bilan intiluvchi serfazilat inson. Dramatik dostonlari, jahon adabiyoti durdonalaridan qilgan tarjimalari ham mashhur.

Batafsil


Yangi She'rlar Abdulla Oripov She'rlari Abdulla Oripov asarlari