Sahifa yuklanmoqda . . .


Tayanch nuqtasi

Qutblar cho‘zilar olis-olisga, 
Tayanch nuqtasida aylanar hayot.  
Ulkan minoralar, qoyalar, hatto
Tayanch nuqtasiga ega koinot. 

Milliard sayyoralar, milliard zarralar, 
Milliardta ko‘ngillar, yuzlar turfa xil. 
Barchasi aylanar, adashar, lekin 
Tayanch nuqtasiga sodiq muttasil. 

Sokin oqshomlarning sovuq nafasi 
Ko‘ksimda huvillab esgan daf'ada. 
Shovqin ko‘chalarning bazm shu'lasi 
Qarshimda sharpadek uchgan pallada. 

Men kimga suyanay, kimga tayanay? 
Kimni muqaddas dey, samo tuhfasi?! 
Men seni topmadim, izlayman hamon, 
Umrimning eng so‘nggi tayanch nuqtasi. 

Kechmish yillarimning sahifasida 
Umr yulduzim deb bildim kimlarni. 
Kunlarning oraliq daqiqasida
Taqdirim deb kezdim yanglish yo‘llarni. 

Mayli, so‘nggi bora muhringni chek, 
Yorug‘ peshonamga, ey hukmi olam! 
Bizni uchrashtirgin, o‘zgarmasin hech, 
Taqdir chiziqlari tutashsin bir dam. 

Taqdir chiziqlari tutashsin bir dam, 
Ko‘ngil rishtalari bog‘langan fursat. 
Bir inson umricha vaqtga bo‘lsa ham, 
Bizni baxtli qilgin,  ey oliy qudrat! 

Bizni baxtli qilgin, ey oliy qudrat! 


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 18-Aprelda yuklangan

41 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
tayanch nuqta qutb hayot minora qoya koinot sayyora zarra ko'ngil yuz sodiq oqshom nafas daf'a ko'cha shu'la sharpa samo tuhfa umr yil sahifa yulduz kun daqiqa taqdir yo'l muhr peshona hukm olam inson baxt qudrat
Muallif
Oygul Asilbek qizi

Oygul Asilbek qizi

O’zbekiston Milliy universiteti falsafa fakulteti bakalavr va magistratura bosqichlarida tahsil olgan. “Ostona” va “Shoir xayollari” she’riy to’plamlari muallifi. Somerset Moem, S.A.Tolstaya, O.Genri, R.Agutagava ijodidan qilgan tarjimalari e’lon qilingan.

Batafsil


Yangi She'rlar Oygul Asilbek qizi She'rlari Oygul Asilbek qizi asarlari