Sahifa yuklanmoqda . . .
Chaqmoq chaqib, qaro osmonda.
Kimlarnidur qo'rqitgan yomg'ir.
Qolsam alam ichra zamonda.
Ko'z yoshimni berkitgan yomg'ir.
Yig'laganim yetadi meni.
Sen yig'lama, kulib ket yomg'ir.
Tutib turay senga ko'ksimni.
Dardlarimni yuvib ket yomg'ir.
Oqib tushding tarnovlarimdan.
Sajdagoxim tavoblaridan.
Gunoxim ko'p savoblarimdan.
Gunoxlarim yuvib ket yomg'ir.
Yuzimga yog', kaftlarimga yog'.
Qalbimga yog' dardlarimga yog'.
Alamlar alanga, yurak to'la dog'
Yuragimni yuvib ket yomg'ir.
Yopib qo'yolmadim o'tmish darchasin.
Doim ezaverar qalbim parchasin.
Xotiralar barcha barchasin.
Bitta qo'ymay yuvib ket yomg'ir.
Sodda va xalqona tilda bitilgan samimiy she'rlari bilan millionlab muxlislar qalbini zabt etgan shoir. Uning millat va yurt istiqloli sharafiga bitgan go‘zal she’rlari o‘ziga xosligi bilano'quvchilar qalbida aks sado berdi. Muhammad Yusuf ijodi keyingi davr o‘zbek qo‘shiqchiligi rivojida muhim o‘rin tutadi. Milliy san’atimizning eng yirik va iste’dodli vakillaridan tortib, havaskor qo‘shiqchilargacha shoir she’rlarini kuyga soladilar.