Sahifa yuklanmoqda . . .


Suyaman qadimiy kitob varag’i...

Suyaman qadimiy kitob varag’i
Sokin shitirlasa sukunat aro…
Ularda jo erur o’tmish daragi,
Ularda “qora”mas, yozilar “qaro”.

Ulardan dashtlarning isi keladi,
So’lgan rayhonlarning kelar nafasi.
Ular sayroq bulbul yashab, g’am chekib
Keyin tashlab ketgan tilla qafasdir.

Suyaman pechakka o’xshash imloni,
Ularda sir pinhon, jumboqlar bordek.
Ular dildan suyar yolg’iz Ollohni,
Mening dilimdayam shu mehr bordek.

Suyaman qadimiy qo’lyozmalarni
Varaqlab, olislab ketmoqni, biroq
Qarshimda har safar naqshin eshikdek
Yopilar, kelganda eng so’nggi varoq…

1988


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 25-Noyabrda yuklangan

33 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Muallif
Xurshid Davron

Xurshid Davron

O‘zbekiston xalq shoiri, iste’dodli shoir va publitsist Xurshid Davronning katta adabiyotga kirib kelishi 1976-yilda ustoz shoir Erkin Vohidovning «oq yo‘l»i bilan boshlangan. Xurshid Davron she’riy tarjima bilan shug‘ullanadi, tarixiy hikoya va qissalar yozish bilan band. Xurshid xoh she’riyatda, xoh nasrda qalam tebratmasin, undagi tarixni chuqur bilish qobiliyati, keng ilmiy tafakkur saxiy nurlarini sochib turadi.

Batafsil


Yangi She'rlar Xurshid Davron She'rlari Xurshid Davron asarlari