Sahifa yuklanmoqda . . .


Suhbat

(Hazil)

Men dedim: “Yarqillagan
Ikki ko‘zingga bandaman”.
U dedi: “Sen yerdasan-ku,
Men axir osmondaman”

Men dedim: “Boshga ko‘targum,
Oshig‘ingman ishqi pok”.
U dedi: “Boshing kerakmas,
Menga yelkang yaxshiroq!”

Men dedim: “Ko‘ngil uchun,
Sal pal shirinroq so‘zlagin!”
U dedi: “Gar yoqmasam men
O‘zga bir yor izlagin!”

Men dedim: “Ayt, ne qilay?
Bo‘ydoq o‘taymi bir umr?”
U dedi: “Bundoq esa,
Mashinaga navbatda tur”.

Men dedim: “Yo‘q-ku pulim,
Hatto uchastka qurgani”.
U dedi: “Pulsiz bo‘guncha,
Sozdir xudoning urgani!”

Men dedim: “Shartmi axir,
Ishqni o‘lchash pul bilan?”
U dedi: “Mumkin topishlik
Pulni har xil yo‘l bilan”.

Men dedim: “Naqsh olmani
Qurt yemog‘i rost ekan?”
U dedi: “Bas qil yigitcha,
Asli zoting past ekan!”

Men dedim: “Bundan ko‘ra,
Qalbimni ol, jonimni ol!”
U dedi: “Jon senga siylov,
Alvido, ey yaxshi qol!..

Shu tariqa ikkimiz ham
Tarqalishdik ikki yon.
Men sekin kulbamga ketdim,
U esa pulga tomon…

1975


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2018, 20-Martda yuklangan

20 marta ko'rildi

2 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
hazil ko'z banda yer osmon
Muallif
Amirqul Po'lkan

Amirqul Po'lkan

Amirqul Po‘lkan kamtar, kamso‘z, lekin ishonchli do‘stlari davrasida dilkash, tafakkuri teran shoir edi. U bilan do‘stona munosabatlarimiz bor edi. U „Sharq Yulduzi“ining she’riyat bo‘limida, men esa yozuvchilar uyushmasida she’riyat bo‘yicha adabiy maslahatchi bo‘lib ishlardim. Uning she’rlari quyma shaklda, misralari me’yoriga etkazilgan bo‘lar, quruq maqtovni yoqtirmas, tez qizarib ketguvchi edi (Shoir Yodgor Obid xotiralaridan).

Batafsil


Yangi She'rlar Amirqul Po'lkan She'rlari Amirqul Po'lkan asarlari