Sahifa yuklanmoqda . . .


"Sog‘indim" radifli g‘azal

Bu kun, ey do‘stlar, farzandi jononimni sog‘indim,

Gado bo‘lsam ne ayb, ul shohi davronimni sog‘indim.

 

Musofirman, g‘aribman, bekas-u ham benavodurman,

Vujudim dardg‘a to‘ldi, emdi darmonimni sog‘indim.

 

Tilimning zikri-yu, ko‘nglimning fikri, yaxshi farzandim,

Azizim, yolg‘izim, davlatli sultonimni sog‘indim.

 

Kecha-kunduz yo‘lig‘a muntazirdurman, tikarman ko‘z,

Kelib holim so‘ribon ketsa, mehmonimni sog‘indim.

 

Nasibin uzmadi tangri, ilojin topmag‘ay kelsa,

Onam deb bo‘lg‘usi bag‘ri qizil qonimni sog‘indim.

 

Qorong‘u bo‘ldi olam ko‘zima ushbu judolikdin,

Ko‘z-u ko‘nglum ziyosi mohi tobonimni sog‘indim.

 

Mani bekas Uvaysiy, yig‘lagayman ro‘z-shab tinmay,

Uyimning ziynati, ko‘z ravshani, xonimni sog‘indim.


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 08-Yanvarda yuklangan

2801 marta ko'rildi

6 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
kun do'st farzand sog'inch gado ayb shoh davron musofir g'arib vujud dard darmon til zikr ko'ngul fikr yaxshi aziz yolg'iz davlat sulton kecha kunduz yo'l mehmon nasib tangri iloj ona qon qorong'u olam judolik ko'z ziyo moh uvaysiy yosh uy ziynat xon
Muallif
Jahon Otin Uvaysiy

Jahon Otin Uvaysiy

(1789/90-1850) Uvaysiy Qo'qon adabiy muhitining iste'dodli namoyandasi bo'lib, u Marg‘ilonning Childuxtaron mahallasida dunyoga kelgan. Uni Hojixon degan kishiga turmushga berishadi, biroq u Quyoshxon ismli qizi va Muhammadxon ismli o‘g‘li bilan juda yosh beva qoladi. Qadrdon bo‘lganligi uchun Nodira uni Qo‘qonga ko‘chirib olib keladi. Uvaysiy taxminan 65 yoshlarida Marg‘ilonda vafot etadi. Uvaysiy g‘azal, muxammas, musaddas, musamman, masnaviy, ruboiy, tuyuq, chiston, qit’a, mustazod kabi janrlarda ijod qilgan.

Batafsil


Yangi Yakpora g'azallar Jahon Otin Uvaysiy Yakpora g'azallari Jahon Otin Uvaysiy asarlari