Sahifa yuklanmoqda . . .


Sho‘x ikki g‘izolingni…

Sho‘x ikki g‘izolingni noz uyqusidin uyg‘at,

To uyqulari ketsun, gulzor ichida o‘ynar.

 

Tishlabki, soching o‘rdung, ochkanda parishon qil,

Ofoq savodinda jon royihasin butrat.

 

Kulbamga xayafshon kel zulfung qilib oshufta,

Anjum sipahin sindur, ofoq ulusin qo‘zg‘at.

 

Oraz quyoshin ochib, ashki qurug‘an ko‘zni

Ko‘p hajrda yig‘latding, bir vaslda ham yig‘lat.

 

Bir oh ila kul bo‘ldum, ey charx, tilab topib,

Farhod ila Majnung‘a oshiqlik ishin o‘rgat.

 

Xoro tubig‘a yotkung, yo‘q sud agar yuz yil,

Ko‘k atlasi ustida jismingni yotib ag‘nat.

 

Bazm ichra Navoiy ko‘p yig‘lar esa, ey soqiy,

Hush eltkuvchi doru jomig‘a aning chayqat.


Ushbu yakpora g'azalni nechta yulduzcha bilan baholaysiz?


Ma'lumot
15-Iyulda yuklangan

35 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
g’izol noz uyqu gul tish soch jon kulba zulf oraz quyosh ko’z hajr vasl charx Farhod Majnun
Muallif
Alisher Navoiy

Alisher Navoiy

(1441-1501) Hazrati Alisher Navoiy ijodi turkiy adabiyotning eng yuksak cho’qqisidir. Chunki hech kim unga qadar bu tilda bunchalik «ko’p va xo’b» (Bobur) yozmagan edi. Aytish mumkinki, undan keyingi salkam olti yuz yil ichida ham hech kim u kabi ko’p va yaxshi yozolgani yo’q. Navoiy barcha turkiy xalqlarning eng buyuk shoiridir. U o’zini «Xitodin to Xuroson»gacha yoyilgan turkiy «qavm»larning shoiri, deb bildi. Ularni bir adabiy til bayrog’i ostida birlashtirdi -«yakqalam» qildi. Buyuk shoir Xurosonda, uning poytaxti Hirotda yashab ijod etdi.

Batafsil


Yangi Yakpora g'azallar Alisher Navoiy Yakpora g'azallari Alisher Navoiy asarlari