Sahifa yuklanmoqda . . .

She'rlar

She'rlar - Aziz foydalanuvchi! Agar siz hayotning past-u baland yo'llari aro kezib, dunyoning sho'rishlaridan toliqqan bo'lsangiz, bizga qo'shiling va ko'ngingizni ezgu hislarga oshno eting! Ushbu to'plamdan o'zbek va jahon she'riyatining eng sara namunalari o'rin olgan bo'lib, ular sizni dunyo tashvishlarini bir on bo'lsa-da unutib, tafakkurning cheksiz osmonida parvoz qilmoqqa chorlaydi.

O, bu kecha ajoyib oqshom, Asir etar oyning jamoli. Men xursandman, sarhushman bu dam, Esib turar bahor shamoli.

24
She'r
Amirqul Po'lkan

Panohim shu Quyosh va shu Er – Ikkisi bir kunda tug‘ilgan Ikkisi mangudir, yoshi teng, Birisi biriga yo‘g‘rilgan.

15
She'r
Amirqul Po'lkan

Goh tunda ko‘zimni yumdirmas soat, Chamamda, tun dardin soat yutyapti. Aslida sergaklik menga bir odat, Umr o‘tyapti!

22
She'r
Amirqul Po'lkan

Xayol kabi cheksiz u, Qiyg‘iri bor qiyoda. Baxt o‘lkasi asli shu, Mangu yashar dunyoda, U mening muhabbatim! U sening muhabbating!

18
She'r
Amirqul Po'lkan

Men sizni kutaman yillar o'tsa ham, Umidim uzmayman kelmasangiz ham, Kutaman intizor ko'zlarimda nam, Onajon aybingiz bo'lsamda hatto, Sizni kutar edim tunlari tanho.

30
She'r
Feruz Kamol

Jon jonimga singib ketgan, Qon qonimga tinib ketgan, Zamin zari bo'lib turgan, Ona tuproq muqaddassan, Sen azizsan mo'tabarsan.

23
She'r
Feruz Kamol

Goho gumroh goho hamroh bo'ldiniz, Goho kulfat goho ulfat bo'ldingiz, Qiyinchilik o'chog'iga otdingiz, Davlat talashib yurgan do'stlarim.

22
She'r
Feruz Kamol

O'zbegimning yoshlari kelajak avlodlari, Bizga muntazir bugun dunyoning shodliklari, Bizni chorlar bag'riga imkoniyat eshiklari, Buyuk O'zbekistonning shonu shavkati uchun.

27
She'r
Feruz Kamol

Ko'zlarimni yumdim xayolimda sen, Surating ko'zlarimda abadiy qolgan, Menning muhabbatim yolg'onmas gulim, Sensizlikda yurak o'tlarda yongan.

19
She'r
Feruz Kamol

Dillarda shubha tug‘ilganda Qulf paydo bo‘lgan. Yuraklar qo‘rquvdan tugilganda Qul paydo bo‘lgan. Hamdard yo‘qligidan Dard paydo bo‘lgan. Dardsiz yuraklarda Gard paydo bo‘lgan.

32
She'r
Xurshid Davron

Jasorat tuyg‘usi yonida Qo‘rquvning nafasi biz bilan. Lojuvard osmonni to‘ldirgan Qushlarning qafasi biz bilan. Biz bilan bobolar armoni, Hadikning hassasi biz bilan. Yurtim deb jon bergan botirlar, Bobolar qissasi biz bilan.

25
She'r
Xurshid Davron

Hamma o‘ngga yursa, chapga yuraman, Hamma o‘tirganda, tikka turaman, Hamma “ha” desa men “yo‘q” deyman, Hamma osh yesa men mosh yeyman, Hamma “oyoq” desa, men “bosh” deyman dedi.

32
She'r
Xurshid Davron

Qayg‘um manim — bir umrlik jo‘ram manim, Yuragimning ich-ichida hujram manim, Oynasidan oyning nuri tushib turgan, Qafasdagi bulbuldayin uchib yurgan, Qayg‘um manim Qayg‘um manim — Tug‘ilmishdan soyamdayin yonimdasan, La ilaha illallohday yodimdasan. Har dam manim jonimdasan, qonimdasan, Yillar, oylar, kunlarimu onimdasan, Qayg‘um manim

0
She'r
Xurshid Davron

Agar taxtda o‘tirsa dajjol, Unga bosh egsang, Ko‘rinmas taxtining poyida Minnatdorona ko‘zyosh to‘ksang gohida Vaqt o‘tib yillar o‘tib Sen ham ozma-oz Dajjolga aylanasan.

40
She'r
Xurshid Davron

Kuni bilan tortishdim Ko‘zi ojiz jo‘ram bilan Bugun hayot haqida. U: «Dunyo Qanday go‘zal ekanini Bilmaysan!» -dedi.

21
She'r
Xurshid Davron

Allohim, rahmdilim, Nima ayb qilgan bo‘lsam, Bilasan aytmasam ham. Sen yoqqan yulduzlardan Nur to‘kilar bag‘rimga, Ammo dildan ketmas g‘am.

20
She'r
Xurshid Davron

Men Garsia Lorka… balki Rauf Parfi … yo‘q-yo‘q, Takuboku … menimcha, Cho‘lponning she’rini o‘qiyotgandim — nigohimni to‘xtatdi so‘zlarning biri… Ko‘z oldim yorug‘lashdi .

18
She'r
Xurshid Davron

Binafsha meni chaqirdi Qor erigan bog‘cha chetidan Kimnidir chaqirdi Yuragimning ichidan Kel dedi binafsha Kul dedi binafsha Ko‘kargan bog‘cha ichidan Sen kelmasang

19
She'r
Xurshid Davron

Sag‘ir saharlarda qizargan quyosh Yag‘ir yelkalarni yoritgan chog‘da, Bir olma gulladi nofarmon,qiyg‘och, Bir olma gulladi uyqusiz bog‘da. Uning g‘unchalari qizday beg‘ubor, Kabutar qoniday, tungi charog‘day — Bir olma gulladi bevaday beor,

17
She'r
Xurshid Davron

Meni qiynash shuncha rohatmi? Labingning chetida turadi mudom Sovuq tig‘ing — nim tabassuming. Sen shunchalar rostgo‘ysan, Mana shu rostgo‘yliging Aldab keladi meni…

19
She'r
Xurshid Davron

Bu dunyoda ayri bizlar, Men kuzdirman, sen – bahor. O’rtamizda yotar muzlar, O’rtamizda qorlar bor. Bu dunyoda ayri bizlar, Sen quvonchsan, men – alam. O’rtamizda bulbul bo’zlar –

25
She'r
Xurshid Davron

Ro’mol o’rab ko’chaga chiqdi, Ro’molini yechdi ko’chada Va sochlari birdan shovillab Oqib ketdi yelkalaridan. Juda go’zal ayol edi u! Qalandarday ergashdi hilol…

19
She'r
Xurshid Davron

Men sevaman,- shivirlar ayol,- Kirlaringni yuvib beraman. Dazmollayman ko’ylaklaringni Seni quchgan qo’llarim bilan. Faqat bir kun yoningda yotib, Qulog’ingga shivirlasam bas: «Yuragimning ostida kimdir Xuddi sendek olmoqda nafas

42
She'r
Xurshid Davron

Sen kelasan… Sel kelganda Toshgan daryo bo’laman. Beda ortgan aravaday Xushbo’ydirman sen bilan. Sen ketasan… Ortingdan men Boqarman cho’l yo’lida —

25
She'r
Xurshid Davron