Sahifa yuklanmoqda . . .

Xurshid Davron She'rlari

Xurshid Davron She'rlari - Aziz foydalanuvchi! Agar siz hayotning past-u baland yo'llari aro kezib, dunyoning sho'rishlaridan toliqqan bo'lsangiz, bizga qo'shiling va ko'ngingizni ezgu hislarga oshno eting! Ushbu to'plamdan o'zbek va jahon she'riyatining eng sara namunalari o'rin olgan bo'lib, ular sizni dunyo tashvishlarini bir on bo'lsa-da unutib, tafakkurning cheksiz osmonida parvoz qilmoqqa chorlaydi.

Men quvg’inman, vatanidan ayro tushgan, Qanoti bor, osmonidan judo qushman, Olisdagi mungli diyor sig’gan tushman, Onajonim,Qirim, seni bir bor ko’ray! Olislardan shivirlaysan: «Bolaginam, Ayni bahor chog’i so’lgan lolaginam!» Ay, ko’zimdan tinmay oqqan jolaginam, Onajonim,Qirim, seni bir bor ko’ray!

20
She'r
Xurshid Davron

Qayg‘um manim — bir umrlik jo‘ram manim, Yuragimning ich-ichida hujram manim, Oynasidan oyning nuri tushib turgan, Qafasdagi bulbuldayin uchib yurgan, Qayg‘um manim Qayg‘um manim — Tug‘ilmishdan soyamdayin yonimdasan, La ilaha illallohday yodimdasan.

36
She'r
Xurshid Davron

Bolalikda aytar edim onamga doim: «Ulg‘aysam, men sizni tashlab ketmayman, qo‘riqlayman oromingizni.» Kun keldi, ulg‘aydim – sochlari oqargan onam ko‘zlari qorayib kutadi meni – oromin o‘g‘irlab ketgan o‘g‘lini.

18
She'r
Xurshid Davron

“Vatan haqida yetti rivoyat” turkumidan. Dunyoning yarmin olib, Yarmiga qilib da’vo, Tinmasdi janggoh aro Shon-shavkatli shoh Doro. U qonga o‘ch ko‘zini Tikdi yangi yerlarga Va hayqirdi so‘zini Kutib turgan erlarga.

40
She'r
Xurshid Davron

O‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga. Quchog‘ingga qaytdim, onajon — Ey, sen mening sevimli Baytim. Senda ilk bor ko‘z ochgan edim, So‘nggi dam ham bag‘ringga qaytdim. Sen — baxt kabi aziz va dilbar, Sen — taxtdan ham yuksak va baland, Ko‘zlarimga ko‘rinib turar Gumbazlari moviy Samarqand.

18
She'r
Xurshid Davron

Yaproq uchib tushdi daraxtdan, Ammo yerga tushmasdan uchdi. Ayrilgandek muqaddas taxtdan Nahot uni alamlar quchdi? Hoy, sen yaproq, Qayga ucharsan Qaramasdan bo’ronu-qorga? Tovush chiqdi bo’ron ichidan, Shivirladi yaproq: “Bahorga…”

18
She'r
Xurshid Davron

Do’stimni chaqirsam, Qaramay ketdi – Bir daraxt yonimda chayqaldi notinch. Tovushim ko’kdagi yulduzga yetdi, Qonimda uyg’ondi eng so’nggi ilinj. Dardimni aytsaydim, degandim, biroq Do’stimni chaqirsam, qaramay ketdi. Men uyga qaytdimu, yondirdim chiroq,

18
She'r
Xurshid Davron

Uyalmasdan qo’ydim, Baqirib Minbarlardan she’r o’qimoqdan. Holbuki, she’r – Uyga chaqirib Dilingdagi sirni do’stingga Ochmoqdayin qutlug’ marosim. U – vasiyat, Ota qaysi bir

18
She'r
Xurshid Davron

Tundan qo’rqma! Tunni ich! Va mag’rur boq saharga. Singan bo’lsa gar qilich, Aylanur u xanjarga. 1985

23
She'r
Xurshid Davron

Qimirladi tunda u Yuragimning ostida, Qimirladi qo’rquvu Ajib bir talvasada. Go’yo so’ramoq bo’ldi: — Ona, ayt, tinchmi olam?! Yuragim g’amga to’ldi, Shivirladim: — Jim, bolam!

19
She'r
Xurshid Davron

“Uxlanglar, uyg’oning…” – Shivirlar tun aro sham. Dast uyg’onib qarasam Oqib yotibdi qonim… Uyg’onib qarasang-chi, Uyg’otib qarasang-chi… Achchiq ko’zyosh. Qora qon. Qonga bo’yalgan qamchi?

15
She'r
Xurshid Davron

Bepoyon dalada bir botir uxlar, Sochlari chatishib ketgan giyohga. Qay sado botirni yana qaytarar Bu ko’hna, bu soqov, bu kar dunyoga? Mo’ysafid tabiblar girdida halak, Duogo’y kampirlar uni qurshamish. Faqat uyqu aro tepinar yurak, Biroq ko’zlarini ochmas Alpomish.

25
She'r
Xurshid Davron

Kuzni o’yla Qor ketishi bilan kuzni o’yla Kuzni o’yla G’ildiragi loyga botib qolgan aravani Tortolmayotgan otni ayamay qamchilab Kuzni o’yla Beshafqat kuzni o’yla

16
She'r
Xurshid Davron

O’g’lim, bu yer – Bizning yerimiz. O’zimizning yerimiz. Qo’rqmasdan qadam tashla. Yer juda qattiq – Bobolarning qoni qotirgan uni, Momolarning ko’zyoshi qotirgan. O’g’lim, bu yer – O’zimizniki, Hadiksirama, ishongin otangga, Hadeb qarayverma orqangga. Yiqilsang, ko’tarar

28
She'r
Xurshid Davron

Bu kichkina yolg’on olamni Qila olar talotum, ado – O’zin to’qib chiqarganlardan U uzoqroq yashaydi hatto. Uning kuchi shundakim, har bir Yurakka jo bo’lishi mumkin. O’lim bilmas bu yolg’on faqat Yurak bilan o’lishi mumkin…

18
She'r
Xurshid Davron

Beva ayol qalbi – sarg’aygan yaproq. O’tmish yodi – bulut chulg’agan yulduz. O’zbek bolasining rangidir – tuproq, Uchib ketgan qushning bo’m-bo’sh ini – kuz… 1989

14
She'r
Xurshid Davron

Sher ohuni quvib yetar, “Qars” sinadi ohu bo’yni, Ohuning qonin ichib, Ohuning go’shtini yeb Sher ohuga aylanar, Changalzor tomon qochar… Ovchi o’q uzadi: “U-u-u-u-u-u!”

17
She'r
Xurshid Davron

Hirot shahristoni Uzra balqib tong, Shuurga to’lganda chorbog’u-dashtlar, Shahar chetidagi Qadim qabriston Darvozasidan kirdi ikki yosh askar. Yelkalarda miltiq Osilgan edi,

26
She'r
Xurshid Davron

Ko’zimda zulumot… Qip-qizil olov Sochlarimda yonar – o’chirolmayman. Kimdir qulog’imga shivirlar shu tob. “Nima qilib qo’yding? Kechirolmayman…” Birdan xira surat O’zgarib ketar,

17
She'r
Xurshid Davron

Otlar yelar shiddatdan terlab, Yangrar xatar to’la taqalar. Hurkib ko’kka sapchir patirlab, Tun uyqusi – qora qarg’alar. Otlar yelar, tillarang xazon Suvoriylar uzra sochilar. Elas-elas yangraydi azon – Tog’lar uzra osmon ochilar.

215
She'r
Xurshid Davron

Madinada yotibdi Shomil, Madinada yotibdi bedor. Qabr ichidan baqirar: “Kim bor, Uzatsang-chi, qo’lingni, g’ofil!” Arab qumi qabrtoshdagi Yozuvni goh ko’mar, goh ochar. Qabr uzra doira yasab Erk qushlari – burgutlar uchar.

19
She'r
Xurshid Davron

Basyo kitobining varaqlarida Sarg’aygan yaproqlar, alvon yaproqlar, Qadim ibodatgoh… Undan narida Toqqa o’rmalagan daydi so’qmoqlar. Ulardan tepada, Tog’lar boshida Qor bosgan qoyalar oqarib turar. Hassaga suyangan sochi oq darvish Izlab topolmagan olxo’ri gullar.

15
She'r
Xurshid Davron

Tongda jo’nar bozorga Dili to’la alamga, Dili to’la ozorga Hech kimi yo’q bu kampir. Uch-to’rt hovuch qurt yegan Olmasini uyadi Va kechgacha saraton Oftobida kuyadi.

85
She'r
Xurshid Davron

— Nega gulga boqib? Qalbing tig’laysan? — Dilimdan g’am ketdi, Quvonchim toshar… — Bo’lmasa, aytaqol, Nega yig’laysan, Ko’zingdan kurtakdek Bo’rtib ko’zyoshlar?

18
She'r
Xurshid Davron