Sahifa yuklanmoqda . . .

Amirqul Po'lkan She'rlari

Amirqul Po'lkan She'rlari - Aziz foydalanuvchi! Agar siz hayotning past-u baland yo'llari aro kezib, dunyoning sho'rishlaridan toliqqan bo'lsangiz, bizga qo'shiling va ko'ngingizni ezgu hislarga oshno eting! Ushbu to'plamdan o'zbek va jahon she'riyatining eng sara namunalari o'rin olgan bo'lib, ular sizni dunyo tashvishlarini bir on bo'lsa-da unutib, tafakkurning cheksiz osmonida parvoz qilmoqqa chorlaydi.

(Hazil) Favqulodda topishdilar ikkala yosh, Qiz husnda tengsiz edi misli lola. Ikkisin ham siylar edi saxiy quyosh, Quyoshim, deb kuylar edi shoir bola.

332
She'r
Amirqul Po'lkan

Bir halol yumushga bormaydi qo‘li, Har qayda so‘z bilan aybin yopadi. Faqat bir jumlani takrorlar tili: “Yaxshi ot, do‘stlarim, keyin chopadi!”

225
She'r
Amirqul Po'lkan

Korxonada odatiy yig‘in, Direktor muovinga berdi navbatni. Tili biyron ekan muovinning juda, Qiyib tashlar ekan dokladni.

196
She'r
Amirqul Po'lkan

Sekin-sekin chekinadi tun, Sekin-sekin tong ham kuladi. Boshlanadi yana yangi kun, Yana bizda majlis bo‘ladi.

189
She'r
Amirqul Po'lkan

Katta korxonaga boshliq amakim, Jamoaga doim “aql” beradi. Amakimning fe’li bizlarga ma’lum, Gapini qaytarsak yomon ko‘radi.

165
She'r
Amirqul Po'lkan

(Hazil) Men o‘zimni ayamayman, “Rahm etmayman” jonimga. O‘z -o‘zini tanqid qilmoq Singib ketmish qonimga.

199
She'r
Amirqul Po'lkan

(E.Vohidovga nazira) Ayo do‘stlar, o‘z holimga yig‘layman-ey, Yig‘lab, shoir yuragini tig‘layman- ey. Bu dunyoda hech she’r mendek xor bo‘lmasin, Xor bo‘lmasin, o‘quvchiga zor bo‘lmasin!

163
She'r
Amirqul Po'lkan

(Hazil) To‘yimiz ham o‘tdi jonim, Quloq osgin endi menga: Buyurmoqlik bizdan bo‘lsin, Tinglamoqlik bo‘lsin senga.

219
She'r
Amirqul Po'lkan

( Hazil) Agar ishda bo‘lmasa unum, Xijolatdan qizarsa yuzlar, Qoloqlikning gunohkori kim? – Aybdor biz, – Aybdor bizlar!

138
She'r
Amirqul Po'lkan

Bir kuni qushlarning majlisi bo‘ldi, Jamiki parranda to‘p bo‘lib keldi. Bilasiz, yig‘ilmoq ko‘p eski odat, Undan ham eskidir rag‘bat, mukofot.

165
She'r
Amirqul Po'lkan

(Hazil) Men dedim: “Yarqillagan Ikki ko‘zingga bandaman”. U dedi: “Sen yerdasan-ku, Men axir osmondaman”

166
She'r
Amirqul Po'lkan

Menga ikking birdeksan, go‘zal, Men ikkingsiz bo‘lurman ado. Senga juda o‘xshaydi g‘azal, Yo sen unga o‘xshaysan juda.

151
She'r
Amirqul Po'lkan

Tun bo‘yi tinmadi yomg‘ir, Tuni bo‘yi tinmadi qalam. Yomg‘ir, qancha kuylasang arzir, Seni bu kun kutmoqda olam!

167
She'r
Amirqul Po'lkan

– Aytgil, ro‘bob, mashqing buncha past, Eshitaman musiqang arang? – Evoh, egam, so‘ylaganing rost, Yo men nosoz, yoki sen garang!

142
She'r
Amirqul Po'lkan

Bir pari bor, yashar yiroqda, U hammaga sohibi farmon. Bir pari bor, yashar yiroqda, Men ham uning vasliga zorman…

158
She'r
Amirqul Po'lkan

U tushimga kirar har sahar, Tortqilarmish sochlarin sabo. Hidlarmish menga gulsafsar, Ko‘ksimga bosh qo‘yib dilrabo.

156
She'r
Amirqul Po'lkan

Hayot ro‘paramda daryodek turar, Suvlari tiniqdir,oqishlari jo‘n. Kimdir dovullarda ovozsiz yurar, Kimdir sukunatda soladi shovqin.

166
She'r
Amirqul Po'lkan

– Yo‘lovchi, qaylarga shoshasan, Adog‘i bormi hech yo‘lingni? – Hali ko‘p dovonlar oshaman, Do‘st bo‘lsang uzatgil qo‘lingni!

108
She'r
Amirqul Po'lkan

– Salom, bobo, sog‘liklar qalay, Baxtlimisiz, umringiz yormi? – Eh jigarim, dardingni olay, Kampirni deb tugadi yarmi…

98
She'r
Amirqul Po'lkan

Jilg‘alarning suvi bir bo‘lib, Guvillaydi timnimsiz dara. Tog‘ o‘ylaydi pastga termilib, “Men buyukman soylardan ko‘ra!”

129
She'r
Amirqul Po'lkan

Kunbotishda tilla rang shafaq, Kunchiqishda kumush rang jilo… Men kimgadir qilmadim shafqat Va kimgadir qildim iltijo.

140
She'r
Amirqul Po'lkan

-Ey qushginam, kuylab ber bir oz, Taranglashgan ruhimni yumshat. -Erkin bo‘lsam kuylardim mumtoz, Avval meni qafasdan bo‘shat!

106
She'r
Amirqul Po'lkan

Tinch, sokin xonamda tun uxlar, Ilhomga yo‘g‘rilmish tanasi. O‘sha tun she’rimni opichlar, O‘sha tun she’rimning onasi.

117
She'r
Amirqul Po'lkan

Ro‘paramda yuksak qoya, Chiqmoqqa yo‘q pillapoya. Yuqmasin deb sha’nimga gard, Mening o‘zim chiqmog‘im shart.

109
She'r
Amirqul Po'lkan