Sahifa yuklanmoqda . . .


Senga va Menga

(Hazil)

To‘yimiz ham o‘tdi jonim,
Quloq osgin endi menga:
Buyurmoqlik bizdan bo‘lsin,
Tinglamoqlik bo‘lsin senga.
Qaytarmagil gapimni hech,
Moslashib ol endi shunga.
So‘z aytmoqlik bizdan bo‘lsin,
Jim o‘tirmoq bo‘lsin senga.
Ishingni ham yig‘ishtir, qo‘y,
Siring aytma unga-bunga.
Ko‘cha kezmoq bizdan bo‘lsin,
Ishlamoqlik bo‘lsin senga.
Goh kayf qilsam g‘iringlama,
Shukur degin o‘tgan kunga.
Kiyinmoqlik bizdan bo‘lsin,
Kir yuvmoqlik bo‘lsin senga.
Tosh singari bardoshli bo‘l,
To‘zim bersin issiq jonga.
Rohat qilmoq bizdan bo‘lsin,
Fidoyilik bo‘lsin senga.
Qushdek tag‘in uchib ketma,
Mendan bezib o‘zga inga.
Kaminani siylayvergin,
Farzandingdan qaytar senga!..

1975


Ushbu she'rni nechta yulduzcha bilan baholaysiz?


Ma'lumot
20-Martda yuklangan

723 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
to'y jonim quloq buyurmoqlik tinglamoqlik
Muallif
Amirqul Po'lkan

Amirqul Po'lkan

Amirqul Po‘lkan kamtar, kamso‘z, lekin ishonchli do‘stlari davrasida dilkash, tafakkuri teran shoir edi. U bilan do‘stona munosabatlarimiz bor edi. U „Sharq Yulduzi“ining she’riyat bo‘limida, men esa yozuvchilar uyushmasida she’riyat bo‘yicha adabiy maslahatchi bo‘lib ishlardim. Uning she’rlari quyma shaklda, misralari me’yoriga etkazilgan bo‘lar, quruq maqtovni yoqtirmas, tez qizarib ketguvchi edi (Shoir Yodgor Obid xotiralaridan).

Batafsil


Yangi She'rlar Amirqul Po'lkan She'rlari Amirqul Po'lkan asarlari