Sahifa yuklanmoqda . . .


Sen qaydan bilasan...

Sen qaydan bilasan, balki

yulduzlar 

Menga sirlarini

so'ylayotgandir. 

Sen qaydan bilasan, balki

bu ko'zlar 

Unsiz bir qo'shiqni

kuylayotgandir. 

Sen qaydan bilasan, balki

keng olam 

Shu mo'jaz qalbimga

bo'ylayotgandir. 

Sen qaydan bilasan, balki

meni ham 

Kimdir qaydadir jim

o'ylayotgandir...


Online dars - zoom, google meet orqali


Erkinjon
17/04/2017
Juda zo'r!
Ma'lumot
2017, 14-Martda yuklangan

529 marta ko'rildi

5 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
bilim sinoat dunyo olam inson odam yulduz sir ko'z qo'shiq mo'jaz qalb o'y muhabbat un
Muallif
Abdulla Oripov

Abdulla Oripov

O’zbek she’riyatining yorqin, betakror siymosi. O’ziga xos uslub, she’riy ovoz sohibi. Lirik qahramoni dunyoning sir-sinoatiga oshufta va undan hikmat izlovchi, komillik va ezgulik tantanasiga jo’shqin qalb shijoati bilan intiluvchi serfazilat inson. Dramatik dostonlari, jahon adabiyoti durdonalaridan qilgan tarjimalari ham mashhur.

Batafsil


Yangi She'rlar Abdulla Oripov She'rlari Abdulla Oripov asarlari