Sahifa yuklanmoqda . . .


Saratonda

Saratonda soyaboning bolayin,
Toqqa oshsang,ko'k dovoning bo'layin,
Ketma,jonim, ayriliqdan jon bezor,
Yarim kecha kahkashoning bo'layin.

Ketar bo'lsang, xazon yog'ar bog'imga,
Sanchiq botar dilimdagi dog'imga,
Ketma,jonim, ayriliqdan jon bezor,
Og'u sochma mening xushvaqt chog'imga.

Kerak emas sensiz gul ham, chaman ham,
Kerak emas Qandahor ham, Yaman ham.
Ketma, jonim, ayriliqdan jon bezor,
Kerak emas bo'z tarlon ham, saman ham.

Pok olamim bulg'anmasdan jilmaygin,
Olam g'amga chulg'anmasdan jilmaygin,
Ketma, jonim, ayriliqdan jon bezor,
Yurak dir-dir to'lg'anmasdan jilmaygin.

To tirikman, o'sha qaysar bolaman,
Na tinim bor, na izlashdan tolaman,
Ketma,jonim, ayriliqdan jon bezor,
Bari bir men seni topib olaman.


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 15-Fevralda yuklangan

167 marta ko'rildi

2 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
saraton soyabon tog' ko'k dovon ayriliq jon kecha kahkashon xazon bog' sanchiq dil dog' og'u vaqt gul chaman qandahor yaman bo'z tarlon saman olam g'am yurak bola tinim izlash
Muallif
Mirtemir

Mirtemir

Millat turmush tarzi, dunyoqarashi va orzu-intilishlarining betakror qirralarini o’zga ijodlardan farqli xalqona bir yo’sinda o’zbek badiiyatiga olib kirgan hassos, donishmand shoir. She’riyatida so’zning inja ma’no nozikliklari, qadim va turkiyona mavqelari qad rostlab, shoirning fusunkor, zakiy hikmatlariga xizmat qiladi.

Batafsil


Yangi She'rlar Mirtemir She'rlari Mirtemir asarlari